Unda tuman IIO FMB boshlig‘i A.Murodov. hokim oʻrinbosarlari, tumandagi kommunal soha xodimlari va bir qator tashkilot masʻullar ishtirok etdilar.
Tuman hokimi markaz ko‘chalarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida aholi oʻrtasida tozalik va obodonlashtirish ishlariga ularni jalb qilish mahalla hududini toza saqlash boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtdi.
Shuningdek, mahallalardagi obodonlashtirish ishlari sifatli bo‘lishi kerakligi, aholi murojaatiga tezkorlik bilan munosabat bildirish bo‘yicha mas'ullarga topshiriqlar berib o‘tdi.
Yakkasaroy tumanidagi mahallalarda obodonlashtirish, sanitariya-epidemiologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha qilinayotgan ishlarni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan masʻullarga aniq topshiriqlar berib oʻtildi.