29 Mart, 2025 31

Bugun Yakkasaroy tumani IIO FMBning yig‘ilishlar zalida Ramazon Hayitini yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda tuman hokimi N.Allabergenova, tuman prokurori B.Shamshiyev, tuman IIO FMB boshlig‘i A.Murodov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Malikov va boshqa mas’ul tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor fuqarolarga qulayliklar yaratish, jamoat tartibini ta’minlash, tuman aholisi uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni ta’minlash, jamoat tartibini himoya qilish, yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech