Yakkasaroy tumanidagi “Asaka bank” avtotransport filiali binosida aholi daromadlarini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tahliliy va tanqidiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, hokimning birinchi oʻrinbosari Nurbek Shamsiyev, bank rahbarlari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi, mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida Yakkasaroy tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar boʻyicha sarhisob qilindi. Qatnashchilar aholining daromadlarini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, kichik va oʻrta biznes subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar bildirdilar. Shuningdek, mahalliy tadbirkorlarning muammolarini hal etish hamda ularni moliyaviy resurslar bilan taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova bank masʼullarini tanqid qilib, aholining daromadlarini oshirish va yangi ish oʻrinlari yaratishda banklarning faol ishtirokini taʼminlash zarurligini taʼkidladi. Shuningdek, u tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning qoʻllab-quvvatlashi muhimligini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida bank masʼullariga aholining moliyaviy resurslarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish va yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, aholining daromadlarini oshirish va bandlikni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.