18 Mart, 2025 192

Bugun Yakkasaroy tumanida joylashgan 144-sonli umumta’lim maktab binosida institutida tuman aholisi uchun tuman hokimi Nilufar Allabergenova tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

Ushbu tadbir mahalladagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, aholi muammolarini oʻrganish va ularga amalda yechim topish maqsadida oʻtkazildi.

Sayyor qabulda Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari A.Karimov, tuman prokurori B.Shamshiyev, tuman IIO FMB boshlig‘i A.Murodov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Malikov, tuman hokimining oʻrinbosarlari, tuman xalq qabulxonasi mudiri va tumandagi tegishli idora va tashkilot rahbarlari “mahalla yettiligi” ishtirok etdilar.

Qabul davomida fuqarolar oʻzlarini qiynayotgan muammolar haqida toʻgʻridan-toʻgʻri hokimga murojaat qilish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Murojaatlar asosan infratuzilmani rivojlantirish, ijtimoiy masalalarni hal etish, bandlikni taʼminlash, taʼlim va tibbiyot sohalaridagi muammolarni bartaraf etish bilan bogʻliq boʻldHar bir masala yuzasidan hokim tomonidan tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi va ularning ijrosi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatildi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech