4 Fevral, 2025 150

 Bugun, Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova tumanda joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan xoreografiya maktabiga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining faoliyati, o‘quv jarayonlari va muammolari bilan tanishdi.

Tanishuv davomida hokim maktab o‘quvchilari uchun yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlari va murabbiylarning ish uslubini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, yosh iste’dodlarning mashg‘ulotlarini kuzatib, ular bilan suhbatlashdi. Ushbu maktabda xoreografiya san’ati bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Nilufar Allabergenova maktab jamoasi bilan uchrashuv davomida ularning taklif va muammolarini eshitib, ta’lim sifatini yanada oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish borasida zarur chora-tadbirlar ko‘rilishini ta’kidladi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, hokimiyat va maktab ma’muriyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash va tumanda san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi rejalar ishlab chiqilishiga kelishib olindi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech