Bugun Yakkasaroy tumanidagi "Rakatboshi" mahallasida tuman hokimi Nilufar Allabergenova boshchiligida saf yig‘ini bo‘lib o‘tdi.
Saf yig‘ilishida Yakkasaroy tumanidagi mahallalarda obodonlashtirish, sanitariya-epidemiologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlarni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berib o‘tildi.