Yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash va ehtiyojlarini qondirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Davlat rahbari tomonidan qabul qilingan qarorlar jamiyatning himoyaga muhtoj qatlamlariga koʻmak berish, ularning hayot sifatini yaxshilash va iqtisodiy farovonlikni oshirishga qaratilgan.
Shu maqsadda, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri oʻrinbosari Avazjon Karimov hamda hokim oʻrinbosarlari "Dilbuloq" mahallasidagi 18-uy, 4-xonadonda yashovchi kam taʼminlangan "Ayollar daftariga" kiritilgan fuqaro Zaripova Railyaning xonadonida bo‘ldilar.
O‘rganish davomida tuman hokimi Nilufar Allabergenova Zaripova Railyaning Baxtiyor ismli oʻgʻliga oʻzi yashab turgan koʻp qavatli uyning tomorqasini tartibga keltirib, mevali daraxtlar ekib, kichik bogʻ barpo etib berdi. Ushbu bogʻni yaratishda yosh volontyorlar ham faol ishtirok etib, daraxtlarni yaxshi niyatlar bilan ekdilar.