Xabar berganimizdek, Yakkasaroy tumanida mudofaa sohasini yanada rivojlantirish va samarali faoliyat yuritish uchun barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan yangi zamonaviy bino qurilmoqda.
Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova mazkur qurilish maydonida bo‘lib, bino qurilishi bilan yaqindan tanishdilar.
Tanishuv davomida yangi mudofaa bo‘limi binosining texnik va funksional imkoniyatlari, harbiy-ma’muriy xizmatlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, shuningdek, qurilish ishlarining jadvali va sifati muhokama qilindi.
Yakkasaroy tuman hokimligi matbuot xizmati