Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining turmush sharoitini yaxshilash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan qarorlar aynan shu maqsadga qaratilib, ehtiyojmand oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, ularning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Shu asosda bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov hamda hokim o‘rinbosarlari "Dilbuloq" mahallasidagi 17-uy, 76-xonadonda yashovchi fuqaro Tursunov Ubaydulla xonadonida bo‘ldilar.
O‘rganish davomida ushbu oilaning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishildi, ularning ehtiyoj va muammolari tinglandi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning hayotini yaxshilash uchun mahalliy hokimiyat tomonidan zarur choralar ko‘rilishi muhim ekani ta’kidlandi.