12 Mart, 2025 38

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi – xalq farovonligini ta’minlash, ularning turmush darajasini yaxshilash va mavjud muammolarni tezkor hal etishdan iborat. Prezidentimiz tomonidan mas’ul rahbarlarga aholining murojaatlarini bevosita joyiga chiqib o‘rganish, ularning dolzarb masalalariga yechim topish hamda yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha aniq topshiriqlar berilgan. Shu bois, aholining har bir murojaati e’tiborsiz qolmay, mas’ullar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmoqda.

Shu munosabat bilan Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi “Dilbuloq” mahallasida joylashgan 15-uyda yashovchi fuqaroning murojaati yuzasidan joyiga chiqib, holatni o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida ushbu ko‘p qavatli uy atrofida obodonlashtirish ishlari talab etilishi, shuningdek, qurigan daraxtlarni kesish va hududni tartibga keltirish zarurati borligi aniqlangan edi. Mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida mutasaddi tashkilot – BSK xodimlariga aniq topshiriqlar berildi.

Bugun, belgilangan topshiriqlarning ijrosini nazorat qilish maqsadida, tuman hokimi yana ushbu manzilga tashrif buyurdi. Olib borilgan obodonlashtirish ishlari joyida ko‘zdan kechirilib, amalga oshirilgan ishlarning sifati tahlil qilindi.

Aholi murojaatlarining joyida o‘rganilishi va masalalarning tezkor hal etilishi tumandagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech