Tuman hokimligi rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Tuman hokimligining rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtiradi va o‘z vaqtida yangilab boradi, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantiradi;
ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, tuman hokimligining rahbarlari ishtirokidagi tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;
OAV va jurnalistlarning so‘rovi asosida ularga og‘zaki, yozma va elektron hujjat shaklida axborot taqdim etadi;
Ijtimoiy ahamiyatga molik muhim dasturlar monitoringini olib boradi;
Tuman hokimligining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Tuman hokimligining faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantiradi va yuritadi.
Tuman hokimligi faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshiradi;
OAV bilan axborot-ma’lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun tuman hokimligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar banki tashkil etilishi va yuritilishini ta’minlaydi;
Tuman hokimligi faoliyatini eng to‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy OAV hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
Tuman hokimligining veb-sayti tashkil etilishini va uni zamonaviy darajada yuritishni ta’minlaydi;
Tuman hokimligi tomonidan tashkil etiladigan rasmiy tadbirlardan teledasturlar, roliklar va lavhalar tayyorlashda va ularni montaj qilishda ishtirok etadi hamda ushbu materiallarni belgilangan tartibda saqlash uchun ularning arxivlashtirilishini ta’minlaydi;
Tuman hokimligi faoliyatiga doir foto, audio va videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat OAV bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Tuman matbuot xizmati o‘z vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda OAVning tuman hokimligi faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi.

Powered by GSpeech