23 Aprel, 2025 43

Yurtimizda yosh avlod, ayniqsa, qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim olish va mustaqil hayotga tayyorgarlik koʻrishdagi imkoniyatlarini kengaytirish, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan faolligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yutuqli tashabbuslar va maqsadli dasturlar hayotga izchil tatbiq etilmoqda.

Shu maqsadda, bugun Yakkasaroy tumani hokimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari D.Rasulmuhamedova rahbarligida tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi qizlarni oliy taʼlimga qamrab olish koʻrsatkichlariga erishish, ularning taʼlimga boʻlgan qiziqishini oshirish, shu bilan birga, kelajakda toʻgʻri va ongli kasb tanlashlariga koʻmaklashishdan iborat boʻldi.

Tadbir doirasida oliy taʼlim muassasalari masʼullari va ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi 26-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi bitiruvchi sinf qizlari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Samarali tarzda oʻtgan muloqot jarayonida qizlarga oliy taʼlimning hayotdagi ahamiyati, yurtimizdagi taʼlim imkoniyatlari, turli grant va imtiyozlar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Powered by GSpeech