11 Mart, 2025 25

Bugun Yakkasaroy tumanida tabiat va atrof-muhitni asrash yo‘lida navbatdagi ezgu tashabbus amalga oshirildi. Tuman hokimi Nilufar Allabergenova, Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov, hokimning birinchi o‘rinbosari N. Shamsiyev va boshqa mutasaddilar "Pushkin bog‘i" hududida “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

Mazkur tadbir nafaqat shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish, balki ekologik muhitni sog‘lomlashtirish, aholining yashash sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan muhim tashabbus hisoblanadi. Zero, yashil maydonlarning ko‘payishi nafaqat tabiiy muhitni tozalaydi, balki insonlarga ham ruhiy xotirjamlik, sog‘lom turmush tarzini taqdim etadi.

Yakkasaroy tumani hokimligi tashabbusi bilan boshlangan bu kabi ekologik tadbirlar kelgusida ham davom etib, yurtimiz yanada yashil, toza va obod bo‘lishiga xizmat qiladi.

Powered by GSpeech