Hurmatli yakkasaroyliklar va shahrimiz mehmonlari!
2025-yilning 19-aprel kuni, soat 10:00 dan 17:00 gacha, Yakkasaroy tumanidagi “Do‘stlik” bog‘ida “Milliy Ko‘klam Fest” nomli san’at va milliy an’analarga bag‘ishlangan madaniyat festivali bo‘lib o‘tadi.
Festival davomida mehmonlar uchun quyidagi qiziqarli dasturlar taqdim etiladi:
An’anaviy musiqa va raqs shoulari;
Mohir hunarmandlardan mahorat darslari (kulolchilik, hunarmandchilik);
O‘zbek xalq o‘yinlari va milliy sport turlari (milliy kurash, arqan tortish, kamondan o‘q otish va boshqalar);
“Sumalak” tayyorlash jarayoni namoyishi;
Bolalar va kattalar uchun dam olish va o‘yin-kulgi maydonchalari;
Esdalik uchun maxsus foto stendlar.
Festivalning eng muhim qismi – galakonsert, unda taniqli estrada ijodkorlari hamda xalq og‘zaki ijodi va folklor jamoalari ishtirokida sahnaviy chiqishlar namoyish etiladi. Bu konsert yurtimiz musiqa va madaniyatining boy merosini yorqin aks ettiradi.
“Milliy Ko‘klam Fest” – bu xalqimizga xos mehr-oqibat, bag‘rikenglik va milliy qadriyatlarni ulug‘laydigan, ko‘ngillarga shodlik bag‘ishlaydigan bayramdir.
Barchangizni ushbu madaniy-ma’rifiy tadbirga taklif etamiz!