23 Aprel, 2025 72

Yakkasaroy tumanida joylashgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Institut malikasi – 2025” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Yakkasaroy tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar tuman bo‘limi boshlig‘i D.Rasulmuhamedova, tuman IIO FMB xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalar faol ishtirok etdilar.

Tanlovda turli fakultetlardan saralab olingan 4 nafar iqtidorli talaba-qizlar 5 ta shart asosida o‘z iste’dodi, bilimi va mahoratini namoyon etdilar. Qizlar bilimdonlik, siyosiy savodxonlik, ona mehrini ifoda etish, oshxonadagi chaqqonlik hamda ijodiy ko‘nikmalari bo‘yicha baholandi.

Natijalar quyidagicha aniqlandi:

Oltin toj sohibi: Xusanboyeva Shaxzoda – Iqtisodiyot fakulteti, 1-kurs, 13b-24 guruh (117 ball).

1-o‘rin: Ibragimova Mohinur – Dizayn va texnologiyalar fakulteti, 1-kurs, 25r-24 guruh (114 ball).

2-o‘rin: Nurullayeva Sabina – To‘qimachilik muhandisligi fakulteti, 3-kurs, 9-22 guruh (111 ball).

3-o‘rin: Hamidullauyeva Sevara – Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti, 3-kurs, 3b-22 guruh (104 ball).

G‘oliblar institut ma’muriyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Powered by GSpeech