Bugun Yakkasaroy tumanida joylashgan “Next” savdo majmuasida milliy kuy-qo‘shiqlar sadosi ostida jonli va zavqli fleshmob tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda san’atsevar yoshlar va musiqa ixlosmandlari ishtirok etib, xalqimizga xos an’anaviy ohanglar va raqslar bilan birgalikda milliy madaniyatimizning go‘zal jihatlarini namoyon qilishdi.
Shodiyu xursandchilikka boy ushbu tadbir mehmonlarga iliq taassurot ulashib, milliy musiqa va san’atga bo‘lgan mehrni yanada oshirdi.