Bugun Yakkasaroy tumanidagi 1-sonli sport maktabida milliy iftixorimiz sanalgan kurash boʻyicha “Yakkasaroy tumani prokurori kubogi” musobaqasi yuqori ruhda tashkil etildi.
Musobaqada Yakkasaroy tumani prokurori Bekzod Shamshiyev, tuman hokimi oʻrinbosari Otabek Rixsiboyev, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, yosh sportchilar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni sogʻlom turmush tarziga undash, milliy sport turlarini keng targʻib etish hamda yurt himoyachilari boʻlishga ilhomlantirishdan iboratdir. Bellashuvlar shiddatli va yuksak saviyada oʻtdi, har bir sportchi gʻalaba uchun kurashdi.
Turnir gʻoliblari quyidagicha:
66 kg vazn toifasi:
Amanov Muhammad
Hamroyev Arslon
Hayrullayev Abdulla
Orazov Salohiddin
71 kg vazn toifasi:
Shermatov Vohid
Umarov Shukurillo
Holmurodov Nurmuhammad
Muhammadov Baxtiyor
73 kg vazn toifasi:
Jumayev Rahmon
Tolipov Abu Bakr
Murodillayev Bekjon
Jumayev Anvar
83+ kg vazn toifasi:
Toshpulatov Asilbek
Toshturdiyev Samandar
Boyvoriyev Sardor
Abdiyev Ozodbek
👉 Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlarga Yakkasaroy tuman prokurori tomonidan qimmatbaho sovgʻalar va esdalik nishonalari topshirildi.