11 Mart, 2025 29

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-fevral kuni hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

🖇 Unda Prezident tomonidan Toshkent shahrida gastronom ko‘chalarni faoliyatini yo‘lga qo‘yish, olib borilayotgan ishlarni sifatli va  aholi va sayyohlar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar berib o‘tilgan edi.

💠 Yakkasaroy tumanida aholi uchun yanada qulay, zamonaviy va go‘zal maskanlar yaratishga qaratilgan ishlar qizg‘in sur’atda davom etmoqda.

➡️ Hiyobon hududida zamonaviy suv tushar bog‘ barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur loyiha tuman aholisi uchun hordiq chiqarish va vaqtni maroqli o‘tkazishga mo‘ljallangan. Loyihani amalga oshirishda qurilish va obodonlashtirish ishlari yuqori standartlarga muvofiq ravishda olib borilmoqda.

💠O‘rganish davomida Nilufar Allabergenova “Koç Construction” qurilish kompaniyasi mas’ullari bilan suhbatlashdi. U hiyobon hududidagi qurilish ishlarini sifatli bajarish, aholining ehtiyojlari va xohishlarini inobatga olgan holda zamonaviy, funksional va estetik talablarga mos hudud yaratish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi. Shuningdek, loyihaning har bir bosqichini mas’uliyat bilan bajarish muhimligi ta’kidlandi.

✍️Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Powered by GSpeech