2 May, 2025 36

Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi 358-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga tashrif buyurib, "Tashabbusli byudjet" mexanizmlari asosida bolalar bogʻchasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar holatini oʻrgandi.

Tashrifda tuman hokimining oʻrinbosarlari, loyihani amalga oshirayotgan qurilish tashkiloti vakillari, mahalla faollari, shuningdek, loyiha tashabbuskorlari ishtirok etdilar. Ushbu uchrashuvda asosiy eʼtibor muassasada bolalar uchun munosib taʼlim-tarbiya va qulay muhit yaratish, infratuzilmani yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Hokim oʻrganish davomida obyektda amalga oshiriladigan ishlar rejasi, muddati va sifat talablariga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Powered by GSpeech