23 Aprel, 2025 54

Yurtimizda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar barcha sohalarda ulkan o‘zgarish va taraqqiyotga zamin yaratmoqda.

Xususan, aholi turmush darajasini oshirish, har bir hududni obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, fuqarolar uchun munosib yashash sharoiti yaratish maqsadida qator keng qamrovli dastur va loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

Shu jumladan, “Obod mahalla”, “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” kabi umummilliy tashabbuslar yurtimizning barcha hududlarida amaliy samaralarini bermoqda. Bu loyihalar orqali mahallalarda yangi infratuzilmalar yaratilib, aholi uchun qulay yashash muhiti shakllanmoqda.

Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida tuman hokimi Nilufar Allabergenova rahbarligida o‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda aynan shu masala muhokama markazida bo‘ldi. Yig‘ilishda shahar hokimining maslahatchisi Sh.Ergashev, hokim o‘rinbosari, tuman mutasaddilari, kommunal soha va qurilish tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida tumanda olib borilayotgan obodonlashtirish va asfalt yotqizish ishlarining sifati, bajarilish muddati va nazorat masalalari tanqidiy tahlil qilindi. Quruvchi va mas’ul rahbarlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar keskin tanqid qilindi.

Tuman hokimi mutasaddi idoralarga belgilangan vazifalarni aniq muddatlarda, belgilangan standartlar asosida amalga oshirish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berdi.

Bu kabi yig‘ilishlar faqat tanqid emas, balki islohotlarning haqiqiy natijadorligini ta’minlash, mas’uliyatni oshirish va xalq ishonchini mustahkamlashga qaratilgan amaliy qadamlardir.

Powered by GSpeech