3 Iyul, 2025 15

Yakkasaroy tumanida “Dolzarb 90 kun”, "Xavfsiz tun" oyligi doirasida navbatdagi tungi saflanish tadbiri o‘tkazildi. Tadbir tuman Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etildi va unda tuman prokurori Bekzod Shamshiyev, IIO FMB boshlig‘i Alisher Murodov, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etdilar.

Tadbirning asosiy mazmuni – jamoat tartibini ta’minlash, mahallalarda xavfsiz va barqaror muhitni yaratish, shuningdek, fuqarolarning tinch va osuda hayotini kafolatlashga qaratilgan ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

So‘zga chiqqanlar joylarda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar berdilar.

Tadbir yakunida barcha mas’ul xodimlarga “Dolzarb 90 kun”, "Xavfsiz tun" oyligini samarali o‘tkazish, profilaktik ishlarga yangi yondashuvlarni joriy etish, har bir topshiriqni sidqidildan, mas’uliyat bilan bajarish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Zero, osoyishtalik va xavfsizlik – bu faqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning emas, balki jamiyatning har bir a’zosining zimmasidagi umumiy burch va mas’uliyatdir.

Powered by GSpeech