6 Oktyabr, 2025 63

Bugungi kunda mamlakatimizda jamoatchilik faollarining, xususan, mahalla faollarining jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ana shunday faol fuqarolardan biri – Yakkasaroy tumanidagi “Dilbuloq” mahallasida istiqomat qiluvchi mahalla faoli Hasanova Dilfuza ham o‘z tashabbusini amalga oshirdi.

U, ko‘p yillardan buyon tumanda obodonlashtirish ishlarida halol mehnat qilib kelayotgan 50 nafar obodonlashtirish xodimlarini qadrlab, ular uchun xayriya tariqasida maxsus osh uyushtirdi.

Ushbu aksiyada Yakkasaroy tumani hokimining o‘rinbosari Otabek Riхsiboyev, shuningdek, “Yakkasaroy yoshlari” volontyorlar guruhi a’zolari ham faol ishtirok etishdi. Ular mehnatkash fuqarolarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, jamoatchilik ichida fidokorlikni targ‘ib qilish muhim ekanini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Powered by GSpeech