Bugun Yakkasaroy tumanidagi “WYNDHAM GARDEN” mehmonxonaning yig‘ilish zalida tuman aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, hokim o‘rinbosarlari, mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirok etib, tuman aholisi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, dolzarb muammolar va takliflari bilan tuman hokimiga murojaat qilishdi.
Uchrashuvda infratuzilmani rivojlantirish, yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, ijtimoiy himoya masalalari, shuningdek, tadbirkorlik va bandlik bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi.
Tuman hokimi har bir murojaatni e’tibor bilan tinglab, ayrim masalalar joyida hal qilindi, qolganlari bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Aholi bilan bevosita uchrashuvlar, ularning muammolarini joyida o‘rganish va hal etish yo‘lidagi bunday tashabbuslar kelgusida ham davom ettirilishi ta’kidlandi.