22 Oktyabr, 2025 31

Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida Bosh prokuratura masʼul xodimi S.Nurmatov rahbarligidagi idoralararo ishchi guruh aʼzolari ishtirokida tumanda tozalik va ozodalik oyligi doirasida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda mahalla hududlarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, chiqindilarni oʻz vaqtida toʻplash va chiqarish, sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, chiqindilar toʻplanib qolgan joylarni aniqlab, ularni tezkor tarzda tozalash, aholi oʻrtasida tozalikni saqlash madaniyatini oshirish hamda chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash boʻyicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.

Yigʻilish yakunida har bir mutasaddi tashkilotga oʻz vazifasini masʼuliyat bilan bajarish, tumanimizda tozalik va obodonlik muhitini taʼminlash boʻyicha aniq vazifalar yuklatildi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Powered by GSpeech