Fuqarolarning murojaatlari bilan bevosita ishlash, ularning muammolarini joyida hal etish – davlat idoralarining eng muhim vazifalaridan biridir.
Shu maqsadda bugun Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi “Dilbuloq” mahallasida joylashgan 15-uyda yashovchi fuqaroning murojaati yuzasidan joyiga chiqib, holatni o‘rganish olib borildi.
O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uy atrofidagi hududning obodonlashtirishga ehtiyoji borligi aniqlandi. Xususan, qurigan daraxtlarni kesish va hududni tartibga keltirish masalalari ko‘rib chiqildi. Mazkur muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun mutasaddi tashkilot – BSK xodimlariga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, mahallada joylashgan 358-sonli bolalar bog‘chasining hududidagi daraxtlarni butash va parvarish qilish bo‘yicha ham tegishli ko‘rsatmalar berildi. Ushbu chora-tadbirlar bog‘cha bolalari uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.
Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati