25 Iyun, 2025 27

Bugungi kunda davlat tashkilotlari faoliyatini aholi murojaatlariga tezkor javob berish va ularning muammolarini bartaraf etishga yoʻnaltirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shunday oʻzgarishlarning yorqin namunasi sifatida bugun Yakkasaroy tuman hokimining o‘rinbosarlari N.Shamsiyev, A.Sattarov, A.Vaxobov, D.Rasulmuxamedova ishtirokida “Yakkasaroy” mahallasida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

Qabul jarayonida aholi oʻzi uchun dolzarb boʻlgan ishga joylashish, kommunal sohadagi muammolarni bartaraf etish, uy-joy masalalari, taʼmirlash, shuningdek, subsidiyalar olish kabi masalalar boʻyicha oʻz murojaatlarini bildirishdi. Tashkil etilgan qabul jarayoni aholi bilan davlat tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatni mustahkamlash va ularni qiynayotgan masalalarga tezkorlik bilan yechim topishga xizmat qilmoqda.

Murojaat qilgan fuqarolarning koʻpchiligida muammolar joyida hal etilib, mavjud muammolarni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Hal etilishi vaqt talab etadigan masalalar boʻyicha aniq muddat belgilanib, tegishli tashkilotlar va mutasaddilarga masʼuliyat yuklatildi.

Bunday qabullar aholi muammolarini eshitish va ularga yechim topishga boʻlgan bunday intilishlar, shubhasiz, mamlakatimizdagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash, har bir fuqaroning himoyalanganini his qilishiga zamin yaratadi.

Powered by GSpeech