10 Mart, 2025 42

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari asosida mamlakatimiz boʻylab Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik ishlari keng koʻlamda davom etmoqda. Bu jarayonda nafaqat obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari, balki aholining turmush sharoitini yaxshilash, ularning muammolarini tinglash va joyida hal qilish ham ustuvor vazifalardan biri sanaladi.

➡️ Shu maqsadda bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova va Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri oʻrinbosari Avazjon Karimov “Armugʻon” hamda “Boshliq” mahallalarida boʻlib, fuqarolar bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida mahalla aholisining turmush sharoiti, dolzarb muammolari va murojaatlari o‘rganilib, mavjud masalalar yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🔼 Muloqot davomida aholining infratuzilma, kommunal xizmatlar, ijtimoiy himoya va boshqa yo‘nalishlardagi muammolariga eʼtibor qaratilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Powered by GSpeech