10 Mart, 2025 44

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari asosida yurtimiz boʻylab Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik ishlari keng miqyosda olib borilmoqda. Joylarda Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish bilan bir qatorda, aholining turmush sharoitini yaxshilash, ularning muammolarini tinglash va yechim topish ham muhim vazifalardan biri sanaladi.

🗣️ Shu maqsadda bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova hamda Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri oʻrinbosari Avazjon Karimov “Dilbuloq” mahallasida yashovchi kam taʻminlangan oilalar holidan xabar oldilar.

🔼 Ular bilan ochiq va samimiy suhbat oʻtkazib, hayotiy muammolarini tingladilar, mavjud ehtiyojlarini oʻrgandilar va zaruriy yordam koʻrsatish masalalarini muhokama qildilar.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Powered by GSpeech