Yakkasaroy tumanida “Dolzarb 90 kun” hamda “Xavfsiz tun” oyligi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman prokurori Bekzod Shamshiyev, IIO FMB boshlig‘i Alisher Murodov hamda “Mahalla yettiligi” vakillari “Dilbuloq” mahallasi go‘zarida jam bo‘ldi.
Tadbirning asosiy mazmuni – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan 3-yanvar sanasidagi 1-sonli qaror ijrosini ta’minlashga bag‘ishlandi.
Muloqot chog‘ida mas’ullar tomonidan qarorda belgilangan vazifalarni har bir mahallada amaliyotga joriy etish, huquqbuzarliklarni erta bosqichda aniqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qator fikr-mulohazalar bildirildi.
Ta’kidlash lozimki, bunday uchrashuvlar “Mahalla – davlat va jamiyat hamkorligining bosh bo‘g‘ini” ekanligini yana bir bor namoyon etib, jamoada mas’uliyat va hamjihatlikni kuchaytiradi.