12 Noyabr, 2024 63

Gandbol bo'yicha Andijon shahrida bo'lib o'tayotgan "O'zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi" musobaqasida Toshkent shahrining "Dilbuloq" jamoasi Surxondaryo viloyatining "Jayxun" jamoasi bilan 3-o'rin uchun kurash olib bordi. Keskin kurashlar ostida o'tgan o'yinda 22-21 hisobida Poytaxt yoshlari g'alaba qozondi va bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Toshkent shahrining "Dilbuloq" jamoasini oldinda katta xalqaro musobaqalar kutib turibdi.

Ishonamizki, oddiy bir mahallaning bu QORA KO'ZLARI kelgusida xalqaro arenalarda Vatan bayrog'ini ko'p bor yuksaklarga ko'taradi.

G'alaba muborak!

Powered by GSpeech