Yakkasaroy tuman hokimligida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi deputatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari Otabek Rixsiboyev va Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi deputatlari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda tuman hokimi Nilufar Allabergenovaning deputatlarga faoliyati davomida ijtimoiy-siyosiy, mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shgan xizmatlari uchun bir guruh tuman deputatlariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir davomida O.Rixsiboyev deputatlarning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy, siyosiy va huquqiy islohotlardagi hissasi, ularning fidokorona mehnati ham alohida ta’kidlandi. Uchrashuv yakunida deputatlarning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolindi.