Bugun Yakkasaroy tuman Ichki ishlar boshqarmasida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ravshan Sultanxodjayev, Toshkent shahar prokurori Erkin Yo‘ldoshev hamda Yakkasaroy tuman hokimi Nilufar Allabergenova boshchiligida probatsiya nazoratida bo‘lgan fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi.
Tadbirda tuman prokurori, soliq inspeksiyasi rahbari, ichki ishlar organlari, Probatsiya guruhi vakillari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Mazkur uchrashuv davomida nazorat ostidagi shaxslarning ijtimoiy-huquqiy muammolari tinglandi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga jamiyatdagi har bir fuqaroning o‘z o‘rni borligi, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarurligi, qonunga bo‘ysunib, halol mehnat bilan yashash muhimligi haqida tushuntirishlar berildi.
Unutmang: jinoyat yo‘li – boshi berk ko‘chadir. Haqiqiy hayot esa halol mehnat va totuv jamiyat bilan go‘zaldir.