Bugun Yakkasaroy tumanidagi 1-son sport maktabida imkoniyati cheklangan fuqarolar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ijtimoiy muhitni yaxshilash maqsadida “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Musobaqalar stol tennisi, shaxmat-shashka va armresling yoʻnalishlari boʻyicha oʻtkazilib, qatnashchilar oʻzlarining irodasi va mahoratlarini namoyon etishdi.
Gʻolib va sovrindorlar tuman hokimi Nilufar Allabergenova tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Bu kabi tadbirlar jamiyatda teng imkoniyatlar, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi!