Qaysiki yurtda yoshlarni bilimli, barkamol qilib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilsa, shu yurtning kelajagi obod va yanada rivoj topishi kundek ravshan. Shu sababli ham mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga olib chiqilib, yoshlar tarbiyasida barcha soha vakillarining mas’uliyati oshirilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ko‘plab farmon, qarorlar qabul qilinmoqda, yoshlarni el koriga yaraydigan, Vatanpar vorislar bo‘lib voyaga yetishlariga yangicha yondoshuvlar hayotga tatbiq etilmoqda.
Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumanda joylashgan 127-sonli umum ta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar, mahalla yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tuman hokimi Nilufar Allabergenova yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular bilan samarali ish tashkil qilish, o‘g‘il-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tumanda olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar gulxan atrofida jam bo‘lishib, jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlar, she’rlar, monologlar ijro etishib, viktarina savol-savoblar o‘tkazishib, o‘zlarining yashirin iste’dodlarini namoyon etishdi.