10 Mart, 2025 47

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri oʻrinbosari Avazjon Karimov “Armugʻon” mahallasining eʻtiborga muhtoj aholisini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tashriflar doirasida mahallada istiqomat qiluvchi 68 yoshli Manzura onaning xonadonida boʻldilar. Manzura ona imkoniyati cheklangan boʻlsa-da, hayotga chuqur ishonch va sabr-matonat bilan qarab kelayotgan, oʻziga xos iroda egasi hisoblanadi.

💢 Nilufar Allabergenova fuqaro bilan suhbat asnosida aholining ehtiyojmand qatlamini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash tuman rahbariyatining asosiy vazifalaridan biri ekanligini taʻkidladi. U insonparvarlik va oʻzaro yordam har bir jamiyatning poydevori ekanini qayd etib, Manzura onaga kelgusida ham har tomonlama koʻmak koʻrsatilishini bildirdi. Tuman hokimi fuqaroning dori darmonlarini joyida olib kelib berdi.

✍️ Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Powered by GSpeech