Bugun Yakkasaroy tumanidagi Abdulla Qahhor mahallasida xalqimiz asrlar davomida ardoqlab kelayotgan Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda mahalla faollari, mahalla ahli, yoshlar va ijod ahli ishtirok etdi.
Navro‘zga xos milliy taomlar – sumalak, ko‘k somsa, osh va shirinliklar tantanani yanada mazmunli va fayzli etdi. Bolalar uchun alohida o‘yin-kulgilar, raqs va she’riyat kechalari ham tashkil etildi.
Tadbir ishtirokchilari ushbu bayram orqali xalqimizga xos mehr-oqibat, birdamlik, ahillik va hamjihatlik kabi yuksak qadriyatlar yana bir bor namoyon bo‘lganini ta’kidlab o‘tishdi.