15 Sentyabr, 2025 70

Bugun Yakkasaroy tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-martdagi PF-49-sonli Farmoni ijrosini ta'minlashga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Nurbek Shamsiyev raislik qildi.

Yig‘ilishda mahalliy ijro hokimiyati faoliyatida KPI – eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimini to‘liq joriy etish, uning amaliy natijalarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Toshkent shahar hokimining 2025-yil 11-iyuldagi qaroriga muvofiq:

KPI ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik tizimi joriy etilgan;

Hokim o‘rinbosarlari KPI bajarilishini qat’iy nazorat qilishi lozim;

KPI natijalari har chorakda Xalq deputatlari Kengashi majlislarida tanqidiy muhokama qilinadi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga ko‘ra, 2025-yilning III choragida:

Hokimlik rahbariyati uchun iqtisodiy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi;

2025-yilning I va II chorak yakunlari hamda III chorak vazifalari bo‘yicha shaxsiy tahliliy referatlar tayyorlanadi.

Yig‘ilish yakunida quyidagi rahbarlar KPI tizimi doirasidagi ishlarga shaxsan javobgar etib belgilandi:

Tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari;

Hokimlik apparati rahbari D.Odilov;

Tashkiliy kadrlar guruhi rahbari K.Rasulov;

Tahliliy-nazorat guruhi rahbari B.Kadirov.

Ularning zimmasiga KPI ko‘rsatkichlariga o‘z vaqtida va samarali erishish, har oy yakunida ish rejalarini tasdiqlash, natijalarga doimiy nazorat o‘rnatish, avgust-sentabr oylarida iqtisodiy o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish kabi vazifalar yuklatildi.

Yig‘ilishda bildirilgan fikr va takliflar asosida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech