3 Sentyabr, 2025 72

Yakkasaroy tuman hokimligida Xalq deputatlari tuman Kengashining III chaqiriq 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga Kengash raisi Nilufar Allabergenova raislik qildi.

Kun tartibida tumanning birinchi yarim yillikdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, sohalar kesimidagi bajarilgan ishlar va yil yakuniga qadar belgilangan rejalarning amalga oshirilish holati muhokama qilindi.

Sessiyada quyidagi masalalar yuzasidan hisobotlar tinglandi:

Ta’lim sohasi: Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i D.Mustafayeva tomonidan amalga oshirilgan ishlar va rejalarga to‘xtalib o‘tildi.

Tibbiyot xizmati: Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i S.Mavlonov soha bo‘yicha erishilgan natijalarni taqdim etdi.

Sanitariya va epidemiologiya: SESH va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i D.Xansaitov hisobot berdi.

Mahalliy byudjet: Qo‘shimcha mablag‘larning yo‘naltirilishi, “Ochiq byudjet” portali orqali moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha iqtisodiyot va moliya bo‘limi bosh mutaxassisi B.Xudoyqulov axborot berdi.

Bandlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Sh.Baxromov faoliyat natijalarini yoritdi.

Kommunal xizmatlar: “Yakkasaroy-Maxsustrans” filiali direktori M.Mirsadikov tomonidan 2025-yilning I-yarim yilligidagi ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Sessiya yakunida mavjud muammolarni hal qilish va rejalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech