12 Sentyabr, 2025 84

Xabaringiz bor, Yakasaroy tumanidagi Shota Rustaveli koʻchasi zamonaviy gastronomik turizm markaziga aylantirish boʻyicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Mazkur loyiha orqali Shota Rustaveli koʻchasi nafaqat shahar aholisi, balki xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun ham jozibador gastronomik maskanga aylanishi koʻzda tutilgan.

Bugun Toshkent shahar hokimining maslahatchisi Sh.Ergashev, Yakasaroy tumani hokimi N.Allabergenova, shuningdek, tuman hokimi va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida mazkur loyiha doirasida keng qamrovli oʻrganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Koʻcha infratuzilmasini qayta shakllantirish, mehmonlar uchun qulayliklar yaratish, milliy va xalqaro oshxonalarni tashkil etish, piyodalar harakati uchun sharoitlarni yaxshilash kabi bir qator tashkiliy ishlar rejalashtirilgan.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech