6 Oktyabr, 2025 36

Yakkasaroy tumanida aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish, hududni kompleks rivojlantirish va ekologik muhitni yaxshilash maqsadida bir qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi “Damariq” mahallasida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida hokim “Salar” kanali bo‘ylab barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joylar, aholi uchun yaratilayotgan infratuzilma obyekt loyihalarini o‘rgandi.

Xususan, kanal bo‘yida yangi ko‘prik qurilishi, yo‘laklar va dam olish maskanlarini barpo etish, hududni saylgohga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Mazkur loyihalar aholining kundalik hayotini yengillashtirish, transport va piyoda harakatini qulaylashtirish, bolalar, keksalar hamda oilalar uchun xavfsiz va zamonaviy dam olish maskanlarini yaratishni nazarda tutadi.

Shuningdek, uchrashuv davomida qurilish ishlarining sifatli va belgilangan muddatda yakuniga yetkazilishi, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan yondashish hamda arxitektura uslubining zamonaviy va milliy an’analar uyg‘unligida bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech