3 Sentyabr, 2025 90

Bugun Yakkasaroy tumanidagi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida yangi qabul qilingan talabalar uchun unutilmas tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir ularning akademiyadagi ilk talabalik kuniga bag‘ishlandi.

Tantanali yig‘inda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarimizni yangi o‘quv yili bilan tabriklab, ularning talaba sifatidagi birinchi qadamlariga omad va zafarlar tiladilar.

Istiqbolli avlod sifatida bilim va mahorat olish yo‘lida dadil qadam qo‘yayotgan yoshlarga berilgan mehr va e’tibor ularning kelgusi muvaffaqiyatlariga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Powered by GSpeech