23 Noyabr, 2025 21

Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyatida o‘tkazilayotgan “Yevroosiyo darvozalari” III Xalqaro interaktiv forumi joriy yilda ham xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yangi tashabbus va loyihalarni amalga oshirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mezbon mamlakatning rasmiy taklifiga binoan forumda Yakkasaroy tumani hokimining o‘rinbosari D.Rasulmuxamedova ham ishtirok etmoqda.

U mazkur nufuzli tadbirda Yakkasaroy tumanida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, “Dilbuloq” mahallasida yaratilayotgan qulay sharoitlar, "mahalla yettiligi" faoliyatining yangi bosqichga ko‘tarilgani hamda raqamlashtirish jarayonlari bo‘yicha katta qiziqish uyg‘otgan ma’ruza taqdim etdi.

D.Rasulmuxamedovaning ta’kidlashicha, mahalla institutini takomillashtirish va aholiga yaqin tizim yaratish bo‘yicha Yakkasaroy tajribasi xalqaro miqyosda ham e’tiborga loyiq. Uning chiqishi forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi va o‘zaro fikr almashuv jarayonida mazkur yondashuvning ustunliklari alohida ta’kidlandi.

Forum qatnashchilari O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jadal rivojlanish va yangilanish jarayonlarini yuqori baholab, yaqin kelajakda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurish istagini bildirdilar.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Powered by GSpeech