Yakkasaroydagi o‘zgarishlar nomiga mos va xos bo‘lmoqda
Yakkasaroy tumanidagi 1-sektor hududidagi “Dilbuloq” mahallasidan oqib o‘tuvchi “Salar” kanali oxirgi kunlarda tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi desak yanglishmagan bo‘lamiz.
Ilgari kanal bo‘yi juda achinarli va ta’mir talab edi. Aholi uchun qulayliklar yo‘q edi. So‘nggi ikki yil ichida “Salar” kanali tanib bo‘lmas daraja o‘zgarib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Hozirgi kunda aholi uchun barcha sharoitlar yaratib berilib go‘zal maskanga aylandi.
Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, Toshkent shahar kengashi deputatlari, nuroniylar ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Salar” kanali hududiga yaxshi niyatlar qilib daraxt ekdilar.