Yakkasaroy yana g‘olib


Hozirgina “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlanib, g'olib bo'lganlar taqdirlandi.

Quvonarlisi, Yakkasaroy tumanidagi 369-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti metodisti Rasulova Surayyo Zayniddinxon qizi "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023" ko'rik tanlovining mutloq g'olibi 1-o'rin sohibasiga aylandi.

Ushbu kasbiy ko'rik tanlov O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi  tomonidan Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilarni aniqlash hamda rag‘batlantirish, ularning pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirish, pedagogik faoliyatning nufuzini yanada oshirish, kasbiy faoliyatida ijodkorlik va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida, “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” respublika tanlovi o‘tkazildi.

Eslatib o'tamiz:

Tanlov oltita nominatsiya, 
“Eng yaxshi metodist”, 
“Eng yaxshi fidokor tarbiyachi”,
“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, 
“Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, 

“Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” bo‘yicha tashkil etilgan.

Tanlovning respublika (uchinchi) bosqichi 3 ta shart asosida o‘tkazildi:
Birinchi shart – ishtirokchilarning loyiha taqdimotlarining baholanishi;
Ikkinchi shart – mashg‘ulot ishlanmasini tayyorlash;
Uchinchi shart – test topshirig‘i.

 Shu o'rinda, ushbu ko'rik tanlovda g'olib bo'lganlarni, ularning jamoasini, ularning ortida turib qo'llab turgan barchani chin dildan tabriklaymiz! Yutuqlar muborak bo'lsin!