Yakkasaroy deputatlar nigohida

Bugun Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi mahalla nuroniylari, Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatlari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i, Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman kengashi deputatlari, Respublika ishchi guruh a’zolari, ommaviy axborot  vositalari xodimlari tumandagi “Dilbuloq” mahallasining faoliyati bilan tanishdilar.
 
Ilk manzil mahalla guzari qoshida ish boshlagan “Imdi baby” nomi bilan ish faoliyatini olib borayotgan ishlab chiqarish sexi bilan tanishdilar. 

Tanishuv davomida tadbirkor Guluruh Abdujabborova uch yildan buyon o‘zi sevgan kasbi bilan shug‘ullanib faoliyati davomida 16 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minlab bugungi kunda chaqaloqlar uchun bir biridan chiroyli kiyim-kechaklar va buyumlarini o‘z xodimlari bilan birgalikda tayyor mahsulot sifatida bozorga olib chiqmoqda.