Barcha qulayliklar aholi uchundir
Jumladan, Salar kanali bo‘yidagi ko‘p qavatli uylarning hududida sug‘orish tizimi yotqizilib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Salar kanalidan kesib o‘tish uchun maxsus o‘tish yo‘laklari, fantanlar qurish ishlari ham olib borilmoqda.
"CLASSIC BUILDING COMMUNAL" boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan “Salar” kanal bo‘yida ko‘p qavatli uylarning atrofida 1100 ta archa daraxti va 830 dona buta ko‘chatlari ekildi.
Kanalga tutash hudud fayzli va sokin maskanga aylanmoqda. Bundan aholining quvonchi cheksiz.