Sayfutdinov Anvar Nazarovich

Allabergenova Nilufar Anvarovna

Tarjimai hol

1971 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Millati o‘zbek.

Ma'lumoti oliy.

1995 yil, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

1988-1995 yy. - “Qo‘shchinor” qo‘shma korxonasi ish yurituvchisi

1995-1997 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi noziri

1997-1998 yy. - Toshkent shahar Mirobod tumani prokurorining ish o‘rganuvchi yordamchisi

1998-2000 yy. - Toshkent shahar Mirobod tumani prokurorining yordamchisi, katta yordamchisi

2000-2004 yy. - Toshkent shahar prokuraturasi umumiy nazorat bo‘limi prokurori

2004-2009 yy. - Toshkent shahar prokuraturasi fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish bo‘limi prokurori

2009-2014 yy. - Toshkent shahar Xamza tumani prokurorining o‘rinbosari

2014-2014 yy. - Toshkent shahar Yashnobod tumani prokurorining o‘rinbosari

2015-2019 yy. - Toshkent shahar Chilonzor tumani prokurorining o‘rinbosari

2019-2019 yy. - Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani prokurorining o‘rinbosari

2019-2023 yy. - Toshkent shahar Yakkasaroy tumani prokurori

2023 y. - h.v. - Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi

Funksiya va majburiyatlari

Quyidagilar Yakkasaroy tuman hokimining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • Tuman hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va Vazirlar Mahkamasi hamda Toshkent shahar hokimligi qabul qilgan hujjatlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni tashkil qilib, aholini tumanni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi;
  • Qonunlarning hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari hamda Toshkent shahar hokimi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;
  • o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlarni qabul qiladi;
  • jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;
  • aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini qarab chiqadi, joylarda tashkil etilgan “Xalq qabulxonalari” ni faoliyat ko‘rsatishiga har tomonlama ko‘maklashadi va ular tomonidan tashkil etiladigan qabullarda ishtirok etadi;
  • Toshkent shahar hokimligi bilan kelishilgan holda tuman hokimining o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qarorlarni qabul qiladi;
  • hokimlik boshqaruv apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
  • berilgan vakolatlari doirasida tuman tashkilotlari rahbarlarini tayinlaydi, bo‘lim va tegishli boshqarma rahbarlarini tayinlash bo‘yicha shahar idoralariga takliflar kiritadi;
  • Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari hamda Toshkent shahar va tuman hokimi qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
  • Davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;
  • o‘ziga berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatni ifodalovchi tadbirlar o‘tkazish, qo‘shimcha korxonalar, xo‘jalik tashkilotlari tuzish uchun, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomalar asosida o‘zaro munosabatlar o‘rnatadi;
  • Tuman hokimligi bo‘lim va boshqarmalariningO‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Oliy Majlis palatalari qarorlarini, Prezident Farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlarining hamda Toshkent shahar va tuman hokimining qarorlari va farmoyishlarini bajarish bo‘yicha faoliyatlarini nazorat qiladi;
  • olib borayotgan ishlari va rahbarlik qilayotgan boshqaruv organlarining faoliyati haqida yilda bir marta xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashiga xisobot beradi;
  • tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar idoralari bilan hamkorlikda ish olib boradi;
  • yangi texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni o‘zlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini ko‘radi;
  • hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, tuman mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘l xo‘jaligi, aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.

Tuman hokimi o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar Yakkasaroy tumani hududida joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir.

 

 

Tarjimai hol

Mehnat faoliyati

Funksiya va majburiyatlari

Quyidagilar Yakkasaroy tuman hokimi yordamchisining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  •  
Taslimov Sherzod Baxadirovich

Tarjimai hol

 

Funksiya va majburiyatlari

Quyidagilar Yakkasaroy tuman hokimi o‘rinbsarning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  •  
Taslimov Sherzod Baxadirovich

Tarjimai hol

Mehnat faoliyati


1995-2000 yillar - Uzbekistan Republicsi Bosh prokuraturasi devonxona ish yurituvchisi, noziri
1996-2000 yillar - G.V.Plexanov nomidags Russia iktisodyot akademiyasi talabasi
2000-2001 - Toshkent viloyati Yangiyo'l tumani “Aziz” xususiy korkhonasi iktisodi
2001-2002 - “O‘zbekinvest” marketing qo‘mitasi boshlig‘i yordamchisi (2002-2003-yil – “Harbiy xizmat”)
2003-2005 yillar - Harbiy prokuratura Markazi Mahkamasi ish yurituvchisi
2005-2008 yillar - Toshkent harbiy tuman harbiy prokuraturasi prokuraturasi, katta tergovchisi
2008-2009 yillar - Toshkent viloyati Chirchiq harbiy prokuraturasi katta tergovchisi
2009-2009 - Qashqadar viloyati Qarshi harbiy prokuraturasi katta tergovchisi
2009-2010 - Mirzo Ulug'bek tumanidagi “Vet yem agro” MChJ xukukshunosi, direktor
2010-2016 yillar - Xususiy tadbirkor
2016-2017 yillar - Olmazor tumani garagelar boshkarmasi boshligi
2017-2019 yillar - Olmazor tumani maktabgacha talim bulimi maxsus ta'mirlash-exploitation hizmat hodi, hizmat boshligi
2019-2019 - “DONG SEUNG KOREA” MCH technician bulim muhandisi
2019-2019 - Shayxontohur tumani “Avto agro” davlat korkhonasi raxbari
2019-2023 yillar - Shayxontohur tumani hokimligi uy-joy va kommunal xizmat bulimi boshligi
2023-2024 yillar - Shayxontohur tumani hukumatining qurilish, kommunikatsiyalarini rivojlantirish, ekologiya va koʻngilocharlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari
2024 yil  Shayxontohur tumani hokimligi uy-joy va kommunal xizmat bulimi boshligi

Funksiya va majburiyatlari

Quyidagilar Yakkasaroy tuman hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Toshkent shahar va Yakkasaroy tuman Kengashlari qarorlari, Toshkent shahar va tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari majmuasiga tegishli qaror, farmoyish va topshiriqlarining bajarilishi bo‘yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta’minlashga va nazorat qilishga shaxsan javob beradi.
  • Arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosar o‘z faoliyatida tuman hokimi va Toshkent shahar hokimining tegishli o‘rinbosariga hisobot beradi.
  • Yakkasaroy tuman hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati va qurilish bo‘limi faoliyatini boshqaradi;
  • kotibiyat tizimidagi boshqarma, bo‘lim, idora va tashkilotlar rahbarlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi;
  • shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
  • kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshiradi;
  • pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
  • qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantiradi;
  • muhandislik va yo‘l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
  • kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qurilish sub’ektlari o‘rtasida bozor munosabatlarini joriy etish, pudrat, loyiha ishlari va qurilish materiallari bozorini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  • Yakkasaroy tumanida hududning me’moriy ko‘rinish va qurilish sohasidagi yagona siyosatini amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • Yakkasaroy tumanining ma’muriy qurilishi va qayta qurilishi rejasini, tuman rivojining dasturi, uning muhandislik infrastrukturalarini ishlab chiqishga rahbarlik qiladi;
  • Kapital qurilish va binokorlik materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan bog‘liq tadbirlarni hamkorlikda amalga oshiradi;
  • Kapital qurilishni moddiy-texnika ta’minoti va ularni mablag‘ bilan ta’minlash masalalarini hal qiladi;
  • Qurilish kompleksida pudrat, loyiha ishlariga bo‘lgan davlat buyurtmasini tender asosida joylashtirishni, shuningdek uning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
  • Tumanda er va shaharsozlik davlat kadastrlarini shakllantirish va yuritish bo‘yicha tashkiliy huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  • obodonlashtirish va atrof muhitni ko‘kalamzorlashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish bilan shug‘ullanadi;
  • kotibiyat tizimidagi rahbar lavozimlarga amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritadi. Zahiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorlab borish ishlarini tashkil etadi;
  • xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatiga oid qarori va farmoyishlari loyihalarini kelishish uchun imzolaydi;
  • hokimning qabul qiladigan qaror, farmoyish va hujjatlarini loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va sifatli tayyorlashda taxliliy-nazorat guruhi bilan hamkorlik olib boradi;
  • tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining talablari asosida ishni tashkil etadi va ijro intizomini mustahkamlaydi;
  • o‘z yo‘nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga taqdim etib boradi;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi;
  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

  • Yakkasaroy tumanida kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish bo‘yicha komissiyasi;
  • Tumanda shaharsozlik faoliyati sohasida normativ xujjatlar ustidan nazorat olib boradi;
  • qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning Yakkasaroy tuman hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

  • Tuman hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati;
  • Yakkasaroy tuman qurilish bo‘limi;
  • “Toshkent shahar Er tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” davlat korxonasi Yakkasaroy tuman filiali;
  • Toshkent shahar davlat arxitektura-qurilish nazorati inspektsiyasi bilan hamkorlikda ish tashkil qiladi;
  • “O‘zbektelekom” aktsiyadorlik kompaniyasi “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filiali Yakkasaroy tuman bog‘lamasi;
  • Tumandagi qurilish industriyasi korxonalari;
  • Tumandagi qurilish-montaj pudrat tashkilotlari;
  • tumandagi loyiha institutlari;
  • tumandagi transport tashkilotlari;
 

Tarjimai hol

1958 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan

Millati o‘zbek.

Ma'lumoti oliy.

1984 yil, Toshkent xalq xo‘jaligi instituti

Mehnat faoliyati

1978 - 1978 yy. - "O‘rta Osiyo transqurilish" trestining 194-qurilish boshqarmasi duradgori

1978 - 1978 yy. - "O‘rta Osiyo transqurilish" trestining 623-qurilish boshqarmasi duradgori

1978 - 1985 yy. - "O‘rta Osiyo transqurilish" trestining yotoqxonasi mudiri

1985 - 1993 yy. - "O‘rta Osiyo transqurilish" trestining uy-joy boshqarmasi boshlig‘i

1993 - 1993 yy. - Mirobod tuman uy-joy boshqarmasi boshlig‘i

1993 - 1997 yy. - Mirobod tumani kommunal foydalanish birlashmasi boshlig‘i

1997 – 2013 yy. - Yakkasaroy tuman kommunal ta’mirlash avariyani tiklash xizmati boshlig‘i

2015 – 2017 yy. - Yakkasaroy tumanidagi «Responsibiliti keya» boshqaruv servis kompaniyasi rahbari o‘rinbosari

2018 -2018. -Yakkasaroy tumani “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonasi rahbari

2018 y- h.v - Yakkasaroy tumani hokimning uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Funksiya va majburiyatlari

Uy-joyga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha (binolar, inshootlar, kommunikatsiyalar va kommunal soha ob’ektlarining tegishli texnik va sanitariya-gigiena holatlarini qayta tiklash va saqlash):

  • Tuman uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi vakillari va Davlat inspekiyalari hududiy tashkilotlari uy-joy xizmatlarini taqdim etuvchi korxona mutaxassislarini jalb etgan holda ko‘p kvartirali turar joylarning va uy oldi infratuzilmasi ob’ektlarini xatlovdan o‘tkazilishini bajarilishini tashkillashtirish;
  • Ko‘p kvartirali turar joylar va uy oldi infratuzilmasi ob’ektlarining xatlov hujjatlarini umumlashtirish;
  • Ko‘p kvartirali turar joylar va uy oldi infratuzilmasi ob’ektlarning joriy va mukammal ta’mirini o‘tkazish uchun nuqsonli dalolatnomalarning tuzilishi va umumlashtirilishini tashkillashtirish;
  • Boshqaruv kompaniyalari va HUJMSh tomonidan amalga oshiriladigan ko‘p kvartirali turar joylar va uy oldi infratuzilmasi ob’ektlarining joriy ta’mirini o‘tkazish rejasini ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va kelishish, ularning ijrosini nazorat qilish.
  • Ko‘p kvartirali uy-joy fondi va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha rejalarni ishlab chiqilishi va kelishuvini tashkillashtirish, ularning ijro etish nazoratini amalga oshirish;
  • Boshqaruv kompaniyalari va HUJMSh tomonidan amalga oshiriladigan aholining buyurtmalari bo‘yicha uy oldi infratuzilmasi, ko‘p kvartirali turar joylarning ta’mirlash ishlarining bajarilishini nazorat qilish.
  • Avriyaviy va eskirgan uylarning texnik holati dalolatnomalarini tuzish;
  • Eskirgan va avariyaviy uylardan aholini ko‘chirish rejalarini amalga oshirish va takliflar kiritish;
  • Ko‘p kvartirali uy-joy fondi va uy oldi infratuzilmasining uy-joy xizmati ko‘rsatilishiga jalb etuvchi korxona faoliyatining samaradorligini baholash.
  • Kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘yicha (sovuq va issiq suv ta’minoti, suv yo‘naltirish, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti xizmatlarini taqdim etish);
  • Kommunal xizmatlar taqdim etuvchi korxonalar tomonidan bajarilgan ob’ektlar va kommunal muhandislik tarmoqlari xatlovining hujjatlarini umumlashtirish;
  • Joriy ta’mirni o‘tkazish uchun nuqsonli dalolatnomalarni umumlashtirish (suv ta’minoti bo‘yicha 1 quduqqacha, issiqlik ta’minoti bo‘yicha tsokolgacha, gaz ta’minoti bo‘yicha gaz plitasigacha, elektr ta’minoti bo‘yicha turar joyning kabeli uchigacha bo‘lgan bosh taqsimlovchi schitigacha (alohida reja bo‘yicha);
  • Kommunal muhandislik tarmoqlari va ob’ektlarining joriy ta’mirini o‘tkazish bo‘yicha rejalarni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va kelishish (kommunal xizmatlar taqdim etuvchi korxonalar), ularning ijro etilishini nazorat qilish;
  • Kommunal muhandislik tarmoqlari va ob’ektlarining mukammal ta’mirini o‘tkazish uchun nuqsonli dalolatnomalarni umumlashtirish;
  • Kommunal muhandislik tarmoqlari va ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha rejalarni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va kelishish, ularning ijro etilishini nazorat qilish (kommunal xizmatlar taqdim etuvchi korxonalar, ijtimoiy soha tashkilotlari);
  • Aholi va tashkilotlarning buyurtmalari bo‘yicha avriyaviy brigadalar tomonidan amalga oshiriluvchi kommunal muhandislik tarmoqlari va ob’ektlarining ta’mirlash ishlarining bajarilishini nazorat qilish;
  • Muhandislik tarmoqlarini kommunal xizmat ko‘rsatishga jalb etuvchi korxonalar faoliyatining samaradorligini baholash;
  • Iste’molchilardan uy-joy va kommunal xizmat ko‘rsatishga kelib tushgan murojaatlarning avtomatlashtirilgan hisobotini yuritilishini nazorat qilish;
  • Avariya va nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor harakatlarni muvofiqlashtirish, iste’molchilarning havfsizligi va hayot ta’minoti uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni saqlash va tiklash bo‘yicha tezkor harakatlarni muvofiqlashtirish;
  • YaHM (ERTs) yagona tizimiga ulanishni, elektron bank to‘lovi orqali to‘lovlarni amalga oshirishni, to‘lovlar bo‘yicha xabardor etishni, yagona axborot tizimiga birlashtirishni (kommunal xizmatlar, to‘lovlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish) tashkillashtirish;
  • Uy-joy kommunal soha ob’ektlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash masalalari bo‘yicha tuman Bosh rejasini kelishishda ishtirok etish;
  • Mukammal qurilish va rekonstruktsiya qilish ob’ektlari bo‘yicha YaBX IK (buyurtmachilarga) manziliga kommunal xizmatlarni taqdim etuvchi korxonalar tomonidan texnik shartlarni o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish;
  • Uy oldi hududi va kommunal muhandislik tarmoqlari bo‘lgan ko‘p kvartirali uy-joy fondini mukammal ta’mirlash bo‘yicha YaBX IK (buyurtmachilarga) manziliganuqsonli dalolatnomalarni umumlashtirish va taqdim etish;
  • Yangi qurilgan, rekonstruktsiya va qayta ta’mirlangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha ishchi komissiyasi raisining vazifalarini bajarish;
  • Uy-joy va kommunal sohani rivojlantirish bo‘yicha “Obod mahalla” Davlat dasturi va boshqa maqsadli (shu jumladan investitsion) dasturlarni amalga oshirish jarayonining monitoringini amalga oshirish;
  • Taqdim etiladigan kommunal xizmatlar uchun to‘lov va hisobga olish “billing” tizimini joriy etilishini tashkillashtirish;
  • Kommunal soha korxonalarining jihoz va asboblari, avtomobil va maxsus texnikalar xatlovining materiallarini, ularni ta’miri va modernizatsiyasi bo‘yicha takliflarni umumlashtirish;
  • Uy -joy kommunal xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha shahar hokimi o‘rinbosariga takliflar taqdim etish;
  • Uy-joy kommunal soha korxonalari uchun avtomobil va maxsus texnikalarni auktsion savdolarga qo‘yish va chiqarish uchun ruxsatnoma olish, sotib olish;
  • Uy-joy kommunal soha korxonalari uchun mashina va mexanizmlar, avtomobil va maxsus texnikani ta’mirlashda texnologik jarayon va park-garaj jihozlarini takomillashtirish, ta’mirlash bazasini yaratish va kelgusida rivojlantirish;
  • Uy-joy kommunal soha korxonalarining avtomobil va maxsus texnika parklarining saqlanishini nazorat qilish, hamda ularning to‘g‘ri va oqilona foydalanilishini tashkillashtirish.
  • Kommunal ob’ektlar (kozonxonalar, suv nasosxonalari va kanalizatsiya stantsiyalari, transformator oststantsiyalari va hokazolar)ni va kommunal muhandislik tarmoqlari (issiqlik, suv, gaz ta’minoti tarmoqlari va hokazolar)ni xususiy korxonalarga ijaraga berish rejalarini kelishish va takliflarni umumlashtirish.
  • Uy oldi infratuzilmasi bo‘lgan ko‘p kvartirali uy-joy fondini ta’mirlash ishlarini o‘tkazish bo‘yicha hususiy pudratchi tashkilotlarga QTXdan berilgan ishlar hajmining monitoringini olib borish.
  • Qo‘l ostidagi tuzilmaviy bo‘linmalarning malakali xodimlar bilan to‘ldirilganligining monitoringini yuritish.
  • Lavozim bo‘sh ish o‘rinlarini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish bo‘yicha choralar ko‘rish.
  • Uy-joy kommunal soha mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash, tayyorlash bo‘yicha takliflarni tayyorlash va ularni uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha shahar hokimi o‘rinbosariga taqdim etish.
  • Yuqori lavozimlarga kadrlarni ko‘rsatish uchun kadrlar rezervini tashkil etish bo‘yicha choralarni ko‘rish.
Talipov Nosirbek Ma’mur o‘g‘li

Tarjimai hol

1996 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan
Millati o‘zbek.
Ma’lumoti Oliy. 2017 y. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti

Mehnat faoliyati

2013-2017 yy. - Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti talabasi

2017-2018 yy. - Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi mutaxassisi

2018-2019 yy. - Toshkent shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatining 1-toifali mutaxassisi

2019-2019 yy. - Toshkent shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatining yetakchi mutaxassisi

2019-2021 yy. - Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i kotibiyati yetakchi mutaxassisi

2021 y. - h.v. - Yakkasaroy tuman hokimining o‘rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i

Funksiya va majburiyatlari

Quyidagilar Yakkasaroy tuman hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi qarorlari, Toshkent shahar hokimining hamda Yakkasaroy tuman hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari majmuasiga tegishli qaror, farmoyish va topshiriqlarining bajarilishi bo‘yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta’minlashga va nazorat qilishga shaxsan javob beradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan investitsiyalar va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, Respublika va shahar miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini ta’minlaydi;
  • investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha o‘rinbosar o‘z faoliyatida tuman hokimi va Toshkent shahar hokimining tegishli o‘rinbosariga hisobot beradi.
  • Yakkasaroy tuman hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari majmuasidagi xodimlar va majmua tarkibidagi investitsiya bo‘limi idora va tashkilotlar rahbarlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi;
  • Yakkasaroy tumanida hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, davlat kafolati ostidagi muhim investitsiya loyihalarni shakllantirish, yangi ishlab chiqarish korxonalarni qurish va o‘z vaqtida ishga tushirish hamda ishlayotgan ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiyalashni ta’minlash, shuningdek ularni amalga oshirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda tizimli monitoring o‘rnatish ishlarini faol bajarilishini tashkil etadi;
  • Yakkasaroy tumani kichik sanoat zonalarini tashkil etish va ularning faoliyati hamda rivojlanishida har tomonlama ko‘maklashish, ushbu kichik sanoat zonalariga mahalliy va chet el investorlarini jalb qilish orqali investitsion loyihalar ro‘yxatini shakllantirish hamda ularning samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • xalqaro va chet el hukumatlarining moliya institutlarini jalb qilish hamda ular bilan hamkorlikda yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, shuningdek ular bilan investitsion hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
  • Yakkasaroy tumanining iqtisodiy va sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli umum dastur ishlab chiqish, yo‘l-transport ifrastrukturalari va ishlab chiqarishni rivojlantirish investitsion loyihalarini tayyorlaydi va amalga oshiradi;
  • tumanda avval hususiylashtirilgan tashkilotlarning faoliyatini, ishlab chiqarish va moliyaviy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, ishlab chiqarish hamda ajratilgan er maydonlari salohiyatidan samarali foydalanishni doimiy monitoring qilish, uning asosida faoliyat yuritmayotgan va kichik quvvatda ishlayotgan xususiylashtirilgan korxonalar ro‘yhatini shakllantiradi;
  • avval hususiylashtirilgan korxonalarining faoliyatini tiklash va samaradorligini oshirish yuzasidan “Yo‘l harita”sini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek ushbu sohada faoliyat yuritmayotgan va iqtisodiy nochor korxonalar bo‘yicha qonunchilikda ko‘zda tutilgan tegishli choralarni ko‘radi;
  • davlat mulkidan samarali foydalanishni doimiy ravishda tanqidiy tahlil qilish, bo‘sh turgan bino va joylarni aniqlab, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shu jumladan xususiylashtirish yo‘li orqali yangi investitsion loyihalarni amalga oshiradi;
  • xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshirish choralarini ko‘radi;
  • Toshkent shahar iqtisodiyotini rivojlantirishning o‘rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan tumandagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashadi;
  • hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarishlarni kengaytirish asosida hududning eksport salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan mineral-xomashyoni va qishloq xo‘jaligi xomashyosini sanoat yo‘li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish dasturiy chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • sanoatning ishlamayotgan korxonalari faoliyatini tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
  • mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash;
  • Yakkasaroy tumani hududida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini tashkil etish, xalqaro standartlarni qo‘llash, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish;
  • turizmni rivojlantirish, turizm infratuzilmalarini shakllantirish, yangi turistik marshrutlar tashkil etish va chet davlatlarda hududning turistik salohiyatini keng targ‘ib qiladi;
  • Yakkasaroy tumanining intellektual va texnologik potentsialini yuksaltirishning uzoq davrlarga mo‘ljallangan istiqbollari negizida dolzarb ahamiyat kasb etuvchi soxa va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirish va uning kelajak modellarini shakllantirishga imkon beruvchi iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, hayot darajasini yuksaltirish maqsadida innovatsion rivojlanish mexanizmlarini izchil joriy etish va strategik rejalashtirish tizimini yaratish;
  • tuman hududiga xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirish, tegishli davlat tashkilotlari, ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda chet mamlakatlardagi turizm sohasida kechayotgan tendentsiyalarni o‘rganish va tahlil qilib borish hamda yangi turdagi xizmat va mahsulotlarni o‘zlashtirish, ularni o‘z hududida joriy etilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Yakkasaroy tumanida turistlarning harajat qilishlari uchun yangi turizm mahsulotlari yaratish, qo‘shimcha xizmatlarni joriy qilish, ko‘ngil ochar tadbirlar o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish;
  • tuman hududidagi turizm, transport, yo‘l bo‘yi va boshqa yondosh infratuzilmalarni rivojlantirish, turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashga erishish;
  • davlat-xususiy sherikchiligi asosida turistlar tashrif buyuradigan maskanlar, temir yo‘l vokzali, shaharlararo qatnovchi poezdlar va boshqa ob’ektlarni ro‘yxatini shakllantirish va ularda internet tarmog‘ini simsiz ulanish WI-FI zonalarini tashkil etish choralarini ko‘rish;
  • turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash orqali sohada yangi ish o‘rinlarini yaratish;
  • chet el mamlakatlari vakolatli davlat, jamoat va xususiy tashkilotlari bilan turizm sohasida hamkorlik o‘rnatish, hududning turizm sohasiga ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish;
  • innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish, ularning yanada rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish;
  • hududda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatni, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, shuningdek, ushbu faoliyatda iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratish;
  • innovatsiya faoliyati sohasida ilg‘or xorijiy (xalqaro) tashkilotlar bilan, shu jumladan ularni nou-xau, nanotexnologiyalar va yuqori texnologik tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishning mahalliy bozoriga jalb qilish orqali hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
  • davlat idoralari va xo‘jalik boshqarmalari, tijorat banklari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni samarali tashkil etish, shuningdek, ularning tumandagi tarkibiy bo‘linmalari ishlarini o‘z vakolat doirasida muvofiqlashtiradi;
  • majmua tizimidagi rahbar lavozimlarga amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritadi. Zahiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorlab borish ishlarini tashkil etadi;
  • Xalq deputatlari Yakkasaroy tuman Kengashi qarorlari va majmua faoliyatiga oid tuman hokimi qaror va farmoyishlar loyihalarini kelishish uchun imzolaydi;
  • hokimning qabul qiladigan qaror, farmoyish va hujjatlari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va sifatli tayyorlashda tegishli bo‘limlar bilan hamkorlik olib boradi;
  • tasarrufdagi bo‘lim va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishini va ijro intizomini mustahkamlaydi;
  • o‘z yo‘nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga taqdim etib boradi;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Talipov Nosirbek Ma’mur o‘g‘li

Tarjimai hol

Mehnat faoliyati

2003-2007 - Toshkent davlat agrar universiteti talabasi
2007-2008 yillar - Uchtepa tumani “Mahalla” jamgarmasi tozalash mutahassisi
2008-2009 yillar - Uchtepa tumani “Qurilish dunyo” MChZh ish yurituvchisi
2009-2015 yillar - Uchtepa tumani tadbirkorlik sub'ektlarini ruykhatdan o'tkazish inspektsiyalari yakka uy-joy kuriska ruxsatnomalarni rasmiylashtirish loyihalarni vakolatli organlardan kelishish bulimi bosh mutahassi, bulim boshligi.
2015-2016 yillar - Uchtepa tumani hokimi rahbari
2016-2017 yillar - Uchtepa tumani hokimlik xuzuridagi tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko'rsatish “Yagona darcha” markazi direktori
2017-2018 yillar - Uchtepa tumani Davlat xizmatlari markazi direktori
2018-2020 - Yakkasaroy tumanidagi “ISSIQLIKQUVVATTA’MIR” MCH Bosh Muhandisi
2020-2021 yillar - Uchtepa tumanidagi “FAYZ LOGIST” MChZh katalogi
2021-2022 yillar. - Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi viloyati b'yicha vakolatli ofislari Hudda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini aniklash va chora-tadbirlarni kuchaytirishni yig'ma bulimi boshligi
2022-2022 yillar - Mahallabay biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati hududiy boshkarmasi Mahallabay ishlab chiqarish tashkil etish va tadbirkorlikni rivojlantirish yig'ma bulimi boshligi
2022 - 2024 yillar - Yakkasaroy tumani hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahabari

Funksiya va majburiyatlari

Quyidagilar Yakkasaroy tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ning asosiy vazifalari hisoblanadi

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi qarorlari, Yakkasaroy tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari majmuasiga tegishli qaror, farmoyish va topshiriqlarining bajarilishi bo‘yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta’minlashga va nazorat qilishga shaxsan javob beradi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy sohadagi eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq takliflar ishlab chiqadi, respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini ta’minlaydi; yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari o‘rinbosar o‘z faoliyatida tuman hokimi va Toshkent shahar hokimining tegishli o‘rinbosariga hisobot beradi.
  • Yakkasaroy tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari o‘rinbosari kotibiyati faoliyatini boshqaradi. Kotibiyat tizimidagi bosh boshqarma, boshqarma, idora va tashkilotlar rahbarlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi;
  • tasarrufdagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etadi va ijro intizomini mustahkamlaydi;
  • o‘z yo‘nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga taqdim etib boradi;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi;
  • O‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi hukumat organlarida Yakkasaroy tumani hokimligidan vakillik qiladi;

Yoshlar siyosati sohasida:

  • yoshlar, ya’ni o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, ta’lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  • umumta’lim maktablarining 9-sinflari bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va ularni keyinchalik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimida o‘qish bilan to‘liq qamrab olish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etadi;
  • akademik litseylar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, ularni xududlar kesimida optimal joylashtirish, iste’dodli yoshlarni qamrab olish, o‘quv jarayoni sifatini oshiradi;
  • oliy ta’lim yo‘nalishlari va oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlarining hududlar bo‘yicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga ega bo‘lishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  • ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘quv jarayoni sifatini, o‘quvchi-talabalarning davomatini ta’minlash yuzasidan aniq choralarni ko‘rish va nazorat qilish, bu borada ta’lim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni o‘zaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtiradi;
  • aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish, “ommaviy madaniyat”ning ko‘rinishlariga qarshi ma’naviy profilaktika ishlariga rahbarlik qiladi;
  • ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, kompьyuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilg‘or ko‘nikmalariga o‘rgatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qiladi;
  • yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli to‘garaklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etadi;
  • yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak ma’naviyatini qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qiladi;
  • yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  • ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik kontseptsiyasini amalga oshirishga rahbarlik qiladi;
  • uyushmagan yoshlarning manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilaydi;
  • uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash bo‘yicha monitoring olib borish va baholash, kasbga o‘rgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va o‘rta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi;
  • yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
  • yoshlar tadbirkorligi hamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda ko‘maklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan ta’minlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqadi va ro‘yobga chiqaradi;
  • yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam ta’minlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralarini ko‘radi;

Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:

  • aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, xayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan baxramand bo‘lish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshiradi;
  • aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini o‘rganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qiladi;
  • sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar saloxiyatini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshiradi;
  • oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng ko‘p uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan to‘liq qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini, shu jumladan sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
  • aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tug‘ma va irsiy kasalliklarni oldini olish, rivojlanish nuqsoni bo‘lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida to‘laqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
  • aholiga tashhis qo‘yishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘lamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullarga bo‘lgan aholi ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan tadbirlar ijrosini ta’minlaydi;
  • aholini dori vositalari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalar va tibbiy buyumlar bilan ta’minot darajasini oshirish, mahalliy farmatsevtika sanoatiga investitsiyalar kiritish uchun chet el etakchi kompaniyalari va investorlarini jalb qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
  • sport sohasida olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish, sportni ommaviyligini oshirish, qizlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, barcha hududlar, ayniqsa eng chekka qishloqlarida xalqaro talablarga javob beradigan moddiy-texnik bazaga ega zamonaviy sport inshootlarini barpo etadi;
  • aholining turmush madaniyatini, hayot sifatini oshirishga qaratilgan ta’lim, dam olish va hordiq chiqarish, bandlik, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, madaniyat, san’at va sport sohalari muassasalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  • mahalla fuqarolar yig‘inlari, xotin-qizlar, nuroniylar, yoshlar tashkilotlari, fuqarolik jamiyatlari institutlari, ommaviy axborot vositalarining tinch osoyishta hayotimizni asrash va mustahkamlashga qaratilgan vazifalar ijrosini muvofiqlashtiradi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:

  • aholi o‘rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targ‘ibot va tashviqotini tashkil qiladi;
  • aholining ma’naviy muammo va ehtiyojlarini o‘rganib borish asosida hududda ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtiradi va rahbarlik qiladi;
  • aholining ma’naviy-axloqiy, diniy-ma’rifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o‘sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, targ‘ib qilish ishlariga rahbarlik qiladi;
  • hududda sog‘lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarning maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
  • hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, yoshlarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targ‘ibot tizimini yo‘lga qo‘yadi;
  • aholi orasida diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik ma’rifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarga rahbarlik qiladi;
  • aholi orasida mehr-oqibat, mehr-shafqat, muruvvat va himmat, insofu diyonat, vijdoniylik, ahillik va totuvlik, fidoyilik, vatanparvarlik, olijanoblik va boshqa fazilatlarni targ‘ib qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda mahalla institutining o‘rni va rolini oshirish borasidagi ishlarga rahbarlik qiladi;
  • demokratik o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligini mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda mahalla institutining roli va ahamiyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari oldida turgan, shu jumladan, yoshlarni ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasbga yo‘naltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini tashkil etish, tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan zarur sharoitlar yaratish, fuqarolar yig‘inlariga qonunchilikda berilgan vakolatlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘maklashish ishlarini tashkil etadi;
  • O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining mintaqaviy tuzilmalariga ularning vazifalarini amalga oshirishda, shu jumladan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga metodik, amaliy va moddiy-texnik yordam ko‘rsatish sohalarida ko‘maklashadi;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini, kasbiy va boshqaruv ko‘nikmalarini, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oshirishni muntazam tashkil etish, hokimliklar huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni ta’minlaydi;
  • fuqarolar yig‘inlari raisi va uning maslahatchilari saylovlarini tashkil etish va o‘tkazishda fuqarolar yig‘inlariga davlat organlarining ko‘maklashishini ta’minlash, zarur hollarda ularni xonalar, transport vositalari va aloqa vositalari bilan ta’minlaydi;
  • mamlakatda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qiladi;
  • ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, ommaviy tadbirlarni o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya etish yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;

Jamoat va diniy tashkilotlar bilan ishlash sohasida:

  • Yakkasaroy tumanida jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha faoliyatini boshqaradi;
  • mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy va diniy masalalarni hal etishda yagona siyosatni olib boradi;
  • davlat organlarining Yakkasaroy tumanida joylashgan jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlaydi;
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiradi;
  • davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro harakatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qiladi;
  • “Haj” va “Umra” tadbirlarini o‘tkazishda mahalliy davlat, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • ma’naviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy e’tiqodlari va urf-odatlariga qarshi yo‘naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot g‘oyalarni tarqatishga qarshi kurash tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • millatlararo totuvlikni va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtiradi;
  • millatlararo do‘stlik printsiplarini qaror toptirishga, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rag‘batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
  • O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining mintaqaviy tuzilmalari faoliyatiga ko‘maklashadi;
  • Yakkasaroy tumanida din bilan bog‘liq ahvol, millatlararo munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni muntazam o‘rganish, ularni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
  • diniy tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, milliy madaniyat markazlari va do‘stlik jamiyatlarining hududiy tuzilmalari tomonidan nizomda belgilangan vazifalarning samarali bajarilishiga ko‘maklashish va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda targ‘ibot ishlarini tashkil etishda hamkorlik qiladi;
  • diniy ekstremizm va missionerlik faoliyati g‘oyalarining tarqalishiga qarshi tushuntirish hamda profilaktika ishlarini tashkil etishni muvofiqlashtiradi;
  • kotibiyat tizimidagi rahbar lavozimlarga amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritadi. Zahiraga kiritilgan nomzodlarni tayyorlab borish ishlarini tashkil etadi;
  • xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi va Yakkasaroy tumani hokimining kotibiyat faoliyatiga oid qarori va farmoyishlari loyihalarini kelishish uchun imzolaydi;
  • hokimning qabul qiladigan qaror, farmoyish va hujjatlarini loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va sifatli tayyorlashda Axborot-tahlil guruhi bilan hamkorlik olib boradi;
  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
Talipov Nosirbek Ma’mur o‘g‘li

Tarjimai hol

Mehnat faoliyati

Funksiya va majburiyatlari

Quyidagilar Yakkasaroy tuman hokimi o‘rinbsarning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  •  
Umarova Nigora Alisherovna

Tarjimai hol

1979 yilda, Toshkent shahrida tug‘ilgan
Millati o‘zbek.
Ma’lumoti Oliy.
2001 y. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan

Mehnat faoliyati

2002-2003 yy. - BIOMED LTD qo‘shma korxonasi modeler-dizayneri

2003-2004 yy. - MODERN TEXTILE Technologres sho‘ba korxonasi modeleri

2004-2006 yy. - Toshkent politexnika kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ustasi

2006-2016 yy. - Toshkent politexnika kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

2016-2020 yy. - Toshkent politexnika kasb-hunar kollejining direktori

2020-2023 yy. - Mirobod tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risida qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi

2023 y. - h.v. - Yakkasaroy tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risida qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Funksiya va majburiyatlari

Malikov Fozil Abdusattorovich

Tarjimai hol

1993-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan
Millati o‘zbek.
Ma’lumoti Oliy.
2018-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
2020-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

2018-2018 yy. - Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Yashnobod tumani Kengashi ijrochi kotibi

2018-2019 yy. - Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Mirzo Ulugʻbek tumani Kengashi raisi

2018-2020 yy. - Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti

2019-2020 yy. - Toshkent shahar, Bektemir tumani hokimligi Investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi bosh mutaxassisi

2020-2021 yy. - Toshkent shahar, Bektemir tumani hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi

2021-2023 yy. - Toshkent shahar Yunusobod tuman hokimligi Tahliliy-nazorat guruhi rahbari

2023-2023 yy. - Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Yunusobod tuman Kengashi raisi

2023-2023 yy. - Yakkasaroy tumani “Tepa” mahalla fuqarolari yigʻinida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi

2023-2024 yy.- Yakkasaroy tumani “Dilbuloq” mahalla fuqarolari yigʻinida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi

2024-y. - h.v. - Yakkasaroy tumani hokimi Apparat rahbari

Funksiya va majburiyatlari

Nasimov Otabek Olimovich

Tarjimai hol

15.11.1989 Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridaa tug‘ilgan
Millati o‘zbek.
Ma’lumoti tugallanmagan oliy. «International School of Finance Technology and Science» instituti

Mehnat faoliyati

2009-2011 yy. - Qashqadaryo gazetasi kompyuter operatori

2011-2015 yy. - "Daryo" gazetasi komyuter operatori, mas’ul kotib, bosh muharriri

2015-2016 yy. - "Voha" gazetasi bosh muharriri

2017-2017 yy. - "Voha-tv.uz" telekanali bosh muharriri

2017-2019 yy. - "Vatanparvar" birlashgan tahririyati yetakchi mutaxassisi

2019-2019 yy. - Sergeli tumani hokimligi matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha hokim maslahatchisi

2019 y- h.v – Yakkasaroy tuman hokimligi matbuot kotibi- axborot siyosati masalalari bo‘yicha hokim maslahatchisi

Funksiya va majburiyatlari

 

Tarjimai hol

Mehnat faoliyati

Funksiya va majburiyatlari

 

Tarjimai hol

Mehnat faoliyati

Funksiya va majburiyatlari

Tashmuxamedova Nargiza Axadjonovna

Tarjimai hol

Mehnat faoliyati

Funksiya va majburiyatlari