Bo‘lim ishi hokimlik va unga hisobdor idoralarning faoliyatini, tumanda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni yoritishga hamda jamoatchilik bilan aloqalarni o‘rnatish va tashkilotning media bo‘shlig‘ida to‘g‘ri o‘rin egallashiga qaratilgan. Matbuot xizmatining ustuvor vazifalariga quyidagilar kiradi:

  1. Rasmiy veb-sayt, ommaviy axborot vositalari, telegram-kanal, Facebook sahifasi, hamda boshqa axborot manbalari, shu jumladan, matbuot anjumanlari, brifing va press-turlarni tashkil qilish orqali hokimiyat faoliyati haqidagi axborotlarni muntazam, to‘liq va o‘z vaqtida berib borish;
  2. OAV bilan o‘zaro faoliyatni tashkil qilish, o‘tkazilayotgan tadbirlar, qabul qilinayotgan hujjatlar va hokimlik faoliyatiga oid boshqa so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim qilish;
  3. Axborot bo‘shlig‘ining monitoring va tahlilini olib borish, jamiyatda keng muhokama qilinayotgan tumandagi voqea-hodisalar va mavzularga munosabat bildirish.

Telefon: +998 (99) 881-15-30

Elektron pochta: info@tashkent.uz

Telegram-kanal: https://t.me/yakkasaroy_hokimiyati

Facebook-sahifa: @yakkasaroyhokimligi

Instagram-sahifa: https://www.instagram.com/Yakkasaroy tuman hokimligi