Yakkasaroyda otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 Bugun Yakkasaroy tumanidagi To‘qimachi va yengil sanoat institutida Yakkasaroy tumanida otaliqqa olingan yoshlar, maktab bitiruvchilari, oliy ta’lim yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Unda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Raximova, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, Yakkasaroy tumanida huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan otaliqqa olgan yuqori tashkilot mas’ullari, oliy ta’lim rektorlari, tuman maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbari, tuman Yoshlar agentligi tuman bo‘limi mas’ullari ishtirok etidalr.

Ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan taklif istaklari bilan tuman hokimi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ochiq suhbat qurdilar.

 Uchrashuv davomida Milliy gvardiya orkestr jamoasi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari tomonidan Vatanni madh etish haqidagi kuy-qo‘shiqlari uchrashuvga ko‘tarinkki kayfiyat berdi. 

 Bugun har bir yoshni tinglash, ularning muammolariga yechim topishda rahbar, mutasaddilarning amaliy yordami katta samara beradi. Qolaversa, bu yoshlarning jamiyat va davlat hayotida o‘z pozitsiyasi borligi, yurt taraqqiyotiga daxldorligini anglab yetishida poydevor vazifasini o‘tasa, ajab emas.