Yakkasaroy tumanida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlarto‘g‘risida Yakkasaroy tumani hokimi Allebergenova Nilufar Anvarovnaning HISOBOTI

 

Iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha:

Davlat budjeti ijrosi:

Yakkasaroy tumanida 2023-yil yakunlari bo‘yicha davlat budjeti rejasi 3 193,1 mlrd.so‘m belgilangan bo‘lib, amalda 3 653,8 mlrd.so‘m undirilib, reja ko‘rsatkichi 114 foizga yoki 460,7 mlrd.so‘m ortig‘i bilan bajarildi. Tushum o‘tgan yilning mos davriga (3 266,9 mlrd.so‘m) nisbatan 112 foizga o‘sgan yoki 386,9 mlrd.so‘mga oshgan.

Ma’lumot uchun: 1-chorak rejasi 817,2 mlrd.so‘m, amalda
870,9 mlrd.so‘m undirilib, reja 107 %ga yoki 53,8 mlrd.so‘m ortig‘i bilan bajarildi.

2-chorak rejasi 763, mlrd.so‘m, amalda 859,3 mlrd.so‘m undirilib, reja 112 %ga yoki 95,4 mlrd.so‘m ortig‘i bilan bajarildi.

3-chorak rejasi 864,3 mlrd.so‘m, amalda 972,6 mlrd.so‘m undirilib, reja 113 %ga yoki 108,3 mlrd.so‘mga bajarildi.

Mahalliy budjet ijrosi:

Yakkasaroy tuman mahalliy budjeti daromadlari bo‘yicha 2023-yil yakunlari bo‘yicha 70,0 mlrd.so‘m aniqlangan reja ko‘rsatkichi haqiqatda 109,6 mlrd.so‘mga yoki 157 foizga bajarilib, prognoz ko‘rsatkichi 39,6 mlrd.so‘m ortig‘i bilan bajarildi hamda ushbu mablag‘lar tuman mahalliy budjeti ixtiyorida qoldirildi.

Ma’lumot uchun: 1-chorak rejasi 16,9 mlrd.so‘m, amalda
24,6 mlrd.so‘m undirilib, reja 146 %ga yoki 7,7 mlrd.so‘m ortig‘i bilan bajarildi.

2-chorak rejasi 19,4 mlrd.so‘m, amalda 29,1 mlrd.so‘m undirilib, reja 150 %ga yoki 9,7 mlrd.so‘m ortig‘i bilan bajarildi.

3-chorak rejasi 19,6 mlrd.so‘m, amalda 24,6 mlrd.so‘m undirilib, reja 126 %ga yoki 5,0 mlrd.so‘m ortig‘i bilan bajarildi.

Tuman mahalliy budjeti daromadlarining 2023-yil ijrosi davomida quyidagi soliq turlari bo‘yicha rejaga nisbatan ko‘p daromad tushumi ta’minlandi. Jumladan:

1. Jismoniy shaxslarning mulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyaga asosan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i 39,3 mlrd.so‘mni tashkil qildi;

2. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha belgilangan reja 10,6 mlrd.so‘m bo‘lib, amalda tushum 15,7 mlrd.so‘mni yoki 147 foizni tashkil qildi hamda 5,0 mlrd.so‘m  ortig‘i bilan bajarildi;

3. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha belgilangan reja 12,7 mlrd.so‘m bo‘lib, amalda tushum 15,5 mlrd.so‘mni yoki 121 foizni tashkil qildi hamda 2,7 mlrd.so‘m ortig‘i bilan bajarildi;

4. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha belgilangan reja 8,8 mlrd.so‘m bo‘lib, amalda tushum 10,6 mlrd.so‘mni yoki 121 foizni tashkil qildi hamda 1,8 mlrd.so‘m ortig‘i bilan bajarildi;

5. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha belgilangan reja 3,9 mlrd.so‘m bo‘lib, amalda tushum 4,7 mlrd.so‘mni yoki 125 foizni tashkil qildi hamda 795 mln.so‘m ortig‘i bilan bajarildi.

Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha:

2023 yilning yanvar-dekabr oylari yakunlari bo‘yicha tumanimizda iqtisodiy ko‘rsatkichlar quyidagicha bo‘ldi:

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 7 493,9 mlrd.so‘m, o‘sish sur’ati 101,2 foiz;

Pudrat-qurilish ishlari hajmi 3 621,1 mlrd.so‘m, o‘sish sur’ati 103,4 foiz;

Chakana savdo aylanmasi hajmi 6 862,9 mlrd.so‘m, o‘sish sur’ati 118,9 foiz;

Xizmatlar hajmi 16 792,8 mlrd.so‘m, o‘sish sur’ati 116,5 foizni tashkil etdi.

Aholi bandligi bo‘yicha:

Yakkasaroy tumanida 2023-yil uchun aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish bo‘yicha 46 317 ta ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, yanvar-dekabr oylarida 52 958 ta (yillik rejaga nisbatan 114,3 foizga) yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Shundan:

  • Investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish hisobiga reja 1 540 ta amalda 1 597 ta yoki 103,7 foiz;
  • Xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga reja 44 353 ta amalda 48 243 ta yoki 108,8 foiz;
  • Qurilish va norasmiy mehnat faoliyatini rasmiylashtirish bo‘yicha reja 424 ta amalda 3 103 ta yoki 731,8 foiz.

Investitsiyalar bo‘yicha:

I. Investitsiya yo‘nalishi bo‘yicha

2023-yil ijrosi.

2023-yilda Investitsiya dasturlari doirasida jami dollar, shundan dollar xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

Natijada, jami investitsiyalar bo‘yicha belgilangan reja , xorijiy investitsiya va kreditlar bo‘yicha belgilangan reja bajarilgan.

Investitsiya dasturlari doirasida umumiy qiymati 431,6 mln dollarlik 41 ta loyiha ishga tushirilib, .

2024 yil uchun asosiy vazifalar.

Joriy yilda Investitsiya dasturlari doirasida jami dollar, shundan dollar xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, umumiy qiymati 138,0 mln dollarlik 40 ta loyihani ishga tushirish va

Yanvar oyida qiymati 5,5 mln dollarlik 2 ta loyiha ishga tushirilib, 200 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

II. Eksport yo‘nalishi bo‘yicha

2023-yil ijrosi.

2023-yilda jami dollar eksport amalga oshirilib, o‘sish – 96 foizni tashkil etdi.

Eksport tarkibida sanoat mahsulotlari eksporti – 109,9 mln dollar, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti– 3,8 mln dollarni tashkil qildi.

2024-yil uchun asosiy vazifalar.

Joriy yilda jami 205,0 mln dollar eksportni amalga oshirish, o‘sish sur’atini 80 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Yanvar oyida jami 11,8 mln dollar eksport amalga oshirilib, o‘sish – 120 foizni tashkil etdi.

III. Xitoy bilan imzolangan loyihalar bo‘yicha

Xitoyga amalga oshirilgan tashrif doirasida qiymati 690 mln dollarlik 4 ta loyiha bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu loyihalar doirasida 2024-yilda 276 mln dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi.

III.Qurilish sohasida amalsha oshirilgan ishlar bo‘yicha:

PQ-408 bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25 oktabrdagi “2022-2023- yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 31.10.2022-yilgi “Toshkent shahrida 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarning manzilliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Ⅳ-72-281-14-0-K/22-sonli qarorlari bilan Yakkasaroy tumani “Rakat” mahallasi Rakat 1-tor, Shohjahon, Qizilqum, Sardoba, Bog‘inav ko‘chalarida elektr quvvatini oshirish ishlarini olib borish; “Rakatboshi” mahallasi O‘rikzor 2-3-tor ko‘chalaridan Boxodir ko‘chasigacha, J.Shoshiy va Askiya ko‘chalariga asfalt yotqizish ishlari; Abdulla Qahhor mahallasi M.Tarobiy, Damariq 2 tor, Kulol Tuproq, O‘.Umarbekov ko‘chalariga asfalt yotqizish ishlari; Shohjahon mahallasida Shohjahon ko‘chasiga 1 276 km uzunlikdagi D-700 mm o‘lchamdagi issiqlik quvurini almashtirish ishlarini amalga oshirish belgilab berilgan.

“Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmachiligi asosida, A.Qahhor MFY, M.Tarobiy, Damariq 2-tor, Kulol Tuproq, O‘.Umarbekov ko‘chalarida uzunligi 1 431 km uzunlikdagi yo‘lni joriy ta’mirlash ishlari uchun “RAVON LOYIHA LUX” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlariga “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKning 2022-yil 13 noyabrda 71025-sonli ijobiy yig‘ma ekspert xulosasi olingan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra loyiha qiymati QQS bilan 890 154 285 so‘mni tashkil etmoqda, qurilish ishlari tender savdolarida g‘olib deb topilgan “TOSHKENT KO‘PRIKLARDAN FOYDALANISh” UK tomonidan asfalt ishlari yakunlandi.(obyekt qiymati umumiy 832,3 mln.so‘m).

Shuningdek, “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmachiligi asosida, “Rakatboshi” MFY, O‘rikzor 2-3 tor ko‘chalaridan Bahodir ko‘chasigacha, J.Shoshiy va Askiya ko‘chalarida uzunligi 0,844 km uzunlikdagi yo‘lni joriy ta’mirlash ishlari uchun “RAVON LOYIHA LUX” MChJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha xujjatlariga “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi" DUKning 2022-yil 13 noyabrda 71046-sonli ijobiy yig‘ma ekspert xulosasi olingan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra loyiha qiymati QQS bilan 677 736 437 so‘mni tashkil etmoqda, hozirda kunda qurilish ishlari tender savdolarida g‘olib dep topilgan “TOSHKENT KO‘PRIKLARDAN FOYDALANISh” Unitar Korxonasi tomonidan asfalt ishlari yakunlandi. (obyekt qiymati umumiy 625,3 mln.so‘m).

“Rakat” mahallasi Rakat 1-tor, Shoxjahon, Qizilqum, Sardoba, Bog‘inav ko‘chalarida elektr quvvatini oshirish ishlarini olib borish maqsadida, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlariga “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKning 2022 yil 19 noyabrda 73745-sonli ijobiy yig‘ma ekspert xulosasi olingan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra loyiha qiymati QQS bilan 353 930 550 so‘mni tashkil etmoqda, hozirda "Toshkent shahar elektr tarmoqlari korhonasi" Aksiyadorlik Jamiyati tomonidan yangi transformator o‘rnatib foydalanishga topshirildi.

(obyekt qiymati umumiy 353,9 mln.so‘m)

Qo‘shimcha ravishda, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmasiga ko‘ra “Shohjahon” mahallasida Shoxjahon ko‘chasiga 1 276 km uzunlikdagi D-700 mm o‘lchamdagi issiqlik quvurini almashtirish ishlariga ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKning 2022-yil 19 noyabrda 75582-sonli ijobiy yig‘ma ekspert xulosasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtiosdiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyiha va import kontaktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (NAPU)ning 2022-yil 25 noyabrdagi 45/01-06/1-8051-sonli texnik topshiriqlarning ish hajmlari va ularning narx parametrlari qismida o‘tkazilgan takroriy kompleks ekspertiza natijalari bo‘yicha ijobiy xulosasi olingan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra loyiha qiymati QQS bilan 8 114 309 621 so‘mni tashkil etmoqda, hozirda pudratchi tashkilotni aniqlash uchun tender o‘tkazilgan bo‘lib, yeng yuqori ball bilan g‘olib bo‘lgan “TREST-7” MChJ bilan 7 708 594 139,95 so‘mga (QQS bilan) va qurilish muddati 150 kunda bajarish sharti bilan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK va “TREST-7” MChJ o‘rtasida shartnoma imzolangan. Hozirda ishlar loyixa-smeta hujjatlari asosida yakuniy ishlar olib borilmoqda.

PQ-50 bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 9-fevraldagi “Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal sur’atlarda hal etish hamda aholi farovonligini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-50-sonli qaroriga ko‘ra Yakkasaroy tumanidagi 21 ta mahallada obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari olib borildi.

Jumladan, 103 517 kv.m. ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi yotkazildi 8 195 kv.m. mahallalardagi piyodalar yo‘laklari ta’mirlandi, 25 ta muhandislik-kommunikatsiya obyektlari ta’mirlandi, 4 ta obyektda 910 r.m. irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash ishlari olib borildi.

PQ-175 bo‘yicha 9 786 kv.m. ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi yotkazildi, 6 400 kv.m. mahallalardagi piyodalar yo‘laklari ta’mirlandi, Rakat, Belariq, Konstitutsiya, Yunus Rajabiy, Bobur va Damariq mahallalarida 13 dona bolalar maydonchalari barpo etildi.

PQ-465 bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30 dekabrdagi “2023 – 2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-465-sonli qaroriga ko‘ra Yakkasaroy tumanida joylashgan “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialining (O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti qoshidagi Akademik litseyning) Toshkent shahar Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasida joylashgan bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish ishlari uchun qarorga ko‘ra 2023 limit etib 23 mlrd belgilangan. Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmasiga ko‘ra mazkur obyektda loyiha-smeta xujjatlari ishlab chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import tovarlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan texnik topshiriqning ish xajmlari va ularning narx parametrlari qismida takroriy o‘tkazilgan kompleks ekspertizalari bo‘yicha 2022-yil 20-oktabrda 45/01-06/1-7232-sonli xulosasi olingan. Hozirda "Ixtisoslashtirilgan loyiha izlanish-instituti" MChJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha xujjatlariga ko‘ra "Ko‘chma Mexanizatsiyalashgan Korxona" MChJ tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi “Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-117-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida (OPEN BUDGET).

2023 yil 1-mavsum bo‘yicha

Yakkasaroy tumani open budjet 1-mavsum bo‘yicha ushbu ishlar amalga oshirildi.

- 127-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga o‘quvchilarni zamonaviy kasb-xunarga o‘rgatish, AKT savodxonliklarini oshirish maqsadida Kompyuter mono-blok jamlanmasi. Yuqori sinfxonalaridagi parta-stullar yaroqsiz xolga kelib qolganligi sababli, yangi zamonaviy Parta va Stullar xarid qilindi (350 mln)

- 116-DMTT ning 1250 kv.m tom qismini ta’mirlash (600 mln);

- 48 maktabning binosini 4200 m kv fasad,tom kismi 2200 kv.m ta’mirlash,pojarnыy signalizatsiya ta’mirlash (980 mln);

- Yakkasaroy tumani 1-son sport maktabining Qushbegi mavzesi 108a uyda joylashgan suzish xavzasini 1250 kv.m fasad qismini tunika bilan qoplash va suv xavzasi xavo aylanish tizimini qayta ta’mirlash (550 mln)

- Yakkasaroy tumani 319-IDUMning fasad qismini ta’mirlash (950 mln) 6-DMTTning avariya xolatidagi 6 ta bolalar maydonchasini qayta qurish, Suzish xavzasini ta’mirlash. (300 mln)

Yakkasaroy tumani 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy texnika ba’zasini rivojlantirish hamda ta’lim sifatini ko‘tarish maqsadida: 5 ta yuqori sinf xonalariga parta va stul mebellar jamlanmasi, Fizika, Kimyo va Biologiya xonalariga laboratoriya jihozlari, 4 ta noutbook kompyuter, 4 ta printer (3/1 oq qora),  1 ta printer (3/1 rangli), 5 ta monoblok kompyuter, 2 ta elektron panel, 2 ta konditsioner xarid qilish (800 mln);

Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maksadida videoendoskop, gastroskop, kolonoskop to‘plami, 2 ta videograf komplekt fotoapparatli, 4 ta stomatologiya soxasida tibbiy asboblarni sterilizatsiya uchun kvars bokslar, 1 ta avtoklav, 3 ta stomatologik kreslo , operatsiya xonasini va operatsiyadan keyingi xonalarni ta’mirlash , yurak kon tomir kasalliklari bemorlarni tekshirish uchun 2 ta xolter  xarid kilish, yumshok va kattik jixozlar xarid kilish. (950 mln);

172-sonli maktab tashqi konalizatsiya tizimi 140 k.m. va
7 ta xojatxona ta’mirlash (350 mln);

250-bolalar bog‘chasi kichik guruhlar xonalari issiqlik tizimini ta’mirlash (400 mln);

9-bolalar bog‘chasi kichik guruhlar xonalari issiqlik tizimini ta’mirlash (400 mln);

Yakkasaroy tumani 160-IDUMga 2 komplekt boshlang‘ich sinflar uchun mebellar to‘plami , 5 komplekt yuqori sinflar uchun mebellar to‘plami, 4 dona elektron doska, laboratoriya xonalarning jihozlash. (450 mln) ishlari olib borildi.

2023-yil 2-mavsum bo‘yicha

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti unversiteti akademik litseyi o‘quv binosini va “O‘quvchilar turar joyi”ni ta’mirlash; fasad qismi, tomning suv ketish tizimi va tarnovlar, profnastil (600 m2), yuvinish xonalari, tashqi va ichki xojatxonalar, 8 ta auditoriya-xonalarni ta’mirlash hamda o‘quv binosi va yotoqxona qavatlaridagi yo‘laklarning kafelini yangilash;

  • 58-Oilaviy poliklinika 2-qavatini kapital ta’mirlash va 1-2 qavat oralig‘idagi zinapoyalarni ta’mirlash;
  • Yakkasaroy tumani 135-maktabning tashqi va ichki konalizatsiya tizimini yangilash 190 m, 1-2-3-4 qavatlar hojatxonalarini ta’mirlash hamda zamonaviy basketbol maydonini (rezina qoplamali) qurish;
  • 530-sonli MTT ni bolalar chumilish uchun suv havzasini ta’mirlash, 7 ta guruh uchun bolalar ayvonchalarini ta’mirlash va 2 ta yangi bolalar ayvonchasini qurish, bolalar o‘yin maydonchasini ta’mirlash;
  • Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tqazish hamda o‘quvchi-yoshlarning ta’lim olishlari uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Yakkasaroy tumanidagi 91-sonli maktab binolarini isitish uchun alohida isitish qozonxonasini qurish. Maktabni isitish uchun 4 ta kotyol, 3 ta o‘quv binosiga 3 ta nasos, 780 metr masofadan gaz tortish uchun 76 deametrlik truba hamda trubani kutarish uchun har 3 metrga tirgak o‘rnatish;
  • 116-sonli DMTT ning issiqlik tizimini (issiqlik registrlari) almashtirish va kanalizatsiyasini ta’mirlash;

Ishlarini samarali tashkil qilish maqsadida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi bilan birgalikda ishlar olib borilmoqda.

 Yashil makon umummilliy loyihasi bo‘yicha:

2023-yilda 92 mingdan ortiq daraxt, bo‘ta ko‘chatlari ekilib, uzum so‘rilar qurildi. Tumanimiz hududi 1 400 gektar bo‘lib, 21 ta mahalla hududida 125,5 ming nafar aholi istiqomat qiladi.

Tumanning 42,6 gektari yashil maydonlarni tashkil qiladi, shundan foydalaniladigan ko‘kalamzorlashtiriladigan bog‘lar va hiyobonlar 24,1 gektar. Gulzorli maydonlar 0,43 gektar.

Mazkur yashil maydonlar aholi jon boshiga ko‘kalamzorlashtirish me’yori 50 m2ni tashkil etishi lozim bo‘lsa, bu ko‘rsatkich tumanimizda 45-47 m2ni tashkil qiladi.

2023-yilda jami 63,4 ming manzarali va buta ko‘chatlari (safora, pavloniya, bagranik, tuya, dub, katalpa va boshqa) 18,4 ming dona mevali (yong‘oq, xurmo, tut, uzum, olma, nok, shaftoli, bexi, gilos, olxo‘ri, o‘rik va boshqa) 12,7 mingdan ortiq gul ko‘chatlaari 21 ta mahallalarda keng jamoatchilikni jalb qilgan holda ekildi.

“Dilbuloq” va “Bog‘saroy” mahallalarida “hokimlik bog‘i”, “Armug‘on” mahallasida “Adliya bog‘i”, “Qushbegi” mahallasida “O‘zAvtosanoat” AJ bog‘lari tashkil qilindi.

Bundan tashqari, ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash maqsadida, sug‘orish tizimini qurish bo‘yicha 11 ta manzillar belgilab olindi. Ushbu ishlarni bajarish natijasida 38 ming maydonlarni sug‘orish tizimini yaratishga erishamiz. Hozirgi kungacha 26,7 mingkv.m maydonlarga sug‘ortish tizimiga o‘tkazildi.

  1. “Dilbuloq” mahallasi, Salar kanali bo‘yida 16 ming kv.m;
  2. “Bobur” MFYda 3,2 ming kv.m;
  3. “Qushbegi” MFYda 7,5 ming kv.m.

2024-yilda 21 ta mahallalardagi bo‘sh yer maydonlariga daraxt va buta ko‘chatlarini ekish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Ijtimoiy sohada amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha:

Ma’naviyat va ma’rifat sohasi bo‘yicha:

2023-yil davomida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi, jumladan:

Hududlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Jaholatga  qarshi ma’rifat”, “Kitobxonlik”, “Yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” kabi turkum mavzularda 850 ta tadbir o‘tkazildi.

Shundan, 380 tasi ma’naviy-ma’rifiy tadbir, 4 tasi festival, 5 tasi ijodiy kecha, 35 tasi kitobxonlik aksiyalari va yarmarkalari, 8 tasi sahovat va muruvvat tadbirlari, 68 tasi aholi o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish bo‘yicha profilaktik suhbatlar, 21 tasi oilaviy ajrimlar, erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh munosabatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, 285 tasi aholini buzg‘unchi g‘oyalar, diniy ekstremizm va axborot xurujlari ta’siriga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, 16 tasi ma’rifat soatlari, 3 tasi ilmiy-amaliy seminarlar hamda 23 tasi ko‘rik-tanlovlarni tashkil etadi.

Tadbirlarning 128 tasi mahalliy hokimliklarda, 12 tasi prokuratura organlarida, 20 tasi ichki ishlar organlarida, 20 tasi soliq idoralarida, 130 tasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, 250 tasi umumta’lim maktablarida, 23 tasi oliy ta’lim muassasalarida, 200 tasi mahallalarda, 50 tasi kutubxonalarda, 10 tasi hiyobon, madaniyat markazlari va istirohat bog‘larida, 5 tasi harbiy qismlarda, 2 tasi korxona, idora va jamoat tashkilotlarida hamkorlik asosida o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirlarda jami 36 515 nafar aholining turli qatlamlari qamrab olindi. Shundan, 455 nafari davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, 40 nafari san’at va madaniyat xodimlari, 25 nafari shoir va yozuvchilar, 50 nafari “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari va soha mas’ullari, 25 050 nafari yoshlar va talabalar, 8 860 nafari xotin-qizlar, 650 nafari nuroniylar, 135 nafari “Temir daftar”, 840 nafari “Ayollar daftari” hamda 410 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida aholining turli ijtimoiy qatlamlariga 240 ta kitob mahsulotlari beg‘araz tarqatildi.

Media mahsulotlar orqali ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani yanada kuchaytirish maqsadida “Jaholatga  qarshi ma’rifat”, “Kitobxonlik”, “Ikki nazm sarboni”, “Yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” kabi turkum mavzularda 15 ta media mahsulotlari tayyorlandi. Jumladan, 15 ta slayd hamda 18 ta ma’ruza materiallarini tashkil etadi.

Ommaviy axborot vositalari orqali ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun mohiyatini aholi, ayniqsa yoshlarga tushuntirish, aholi o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy, diniy-ma’rifiy muhitni yaxshilash, milliy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni keng targ‘ib qilish maqsadida 25 ta targ‘ibot ishlari olib borildi.

Respublika tele va radiokanallarida 10 ta intervyular berildi. Yoshlar kanali “Yangi davr” teledasturida intervyular berildi.

Shu jumladan, Respublikaning 15 ta davriy bosma nashrlarida chop etildi.

Tumanda ijtimoiy-ma’naviy muhit va targ‘ibot ishlari holatini o‘rganish maqsadida 18 ta monitoring ishlari olib borildi. Shundan, 15 tasi maktabda 3 tasi oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirildi.

Madaniyat va san’at sohasi bo‘yicha:

Yakkasaroy tumanida madaniyat va san’at sohasiga qarashli jami 4 ta tashkilot, muassasalar mavjud bo‘lib, shundan 2 ta madaniyat markazi, 2 ta Bolalar musiqa va san’at maktabi, 1 ta madaniyat va istirohat bog‘lari, 1 ta muzeylar mavjud.

Yakkasaroy tumani Madaniyat bo‘limi tasarrufida 2 ta markaz faoliyat kursatib kelmokda. Toshkent shaxar Markaziy madaniyat markazi, 2 ta Bolalar musiqa va san’ati maktablari.

Madaniyat bo‘limi va tasarrufidagi madaniyat markazlarida jami shtatlar soni 29,5 ta bo‘lib, shundan ijodiy shtatlar soni 16 ta, texnik shtatlar soni 13,5 tani tashkil etadi.

2023-yil davomida jami 158 ta madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, ularda qamrab olingan aholi soni 18 500 nafarni tashkil qildi.

2 ta markazlarda 17 ta turli xil to‘garak studiyalar va jamoalar faoliyat yuritmoqda. Ularda qatnashuvchilar soni 216 nafar, «Xalq» va “Namunali” unvonga ega jamoalar 1 ta bo‘lib, ularda qatnashchilar soni 12 nafardan iborat.

2023-yilning 1-choragi mobaynida 91-sonli umumta’lim maktabida tuman Madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda shoira Zulfiya tavalludining 108 yilligi bo‘yicha yoshlarninig bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tqazishlari, madaniyat va san’atga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Zulfiyaxonim Izdoshlari” shiori ostida ijodiy tanlov o‘tkazildi.

2023-yilda madaniyat markazi xodimlari Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan xalqaro baxshichilik festivalida hamda Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan “Madaniyat karvoni” festivalida faol ishtirok etib kelishmoqda. Xususan, madaniyat markazi to‘garak a’zolari Malika Xakimova Slavyaniyada bo‘lib o‘tgan “SLAVIZANSKI BAZAR IN VITEBSK” XXXII Xalqaro san’at festivalida Faxrli 3-o‘rinni egalladi. “New talents of planet” xalqaro festivalida madaniyat markazi to‘garak a’zosi Fozilov Odil 1-o‘rin lauryatini egalladi.

Sport yo‘nalishi bo‘yicha:

Yakkasaroy tumanida 2 ta sport maktabida 65 nafar trenerlar o‘z faoliyatini olib boradi. Sportchilarga turli musobaqalarda munosib ishtirok etgani va o‘rinlarni egallaganliklari uchun 600 nafar sportchilarga razryad va unvon berilgan.

Yakkasaroy tumanida 17 ta sport turlari bo‘yicha sportchi-o‘quvchilar soni 1 600 tani tashkil etib, ular tomonidan 2023-yilda quyidagi natijalar qo‘lga kiritildi.

Jumladan:

Xalqaro musobaqalarda 14 ta oltin, 7 ta kumush, 22 ta bronza medallari;

O‘zbekiston Respublikasi chempionatlarida (futbol, karate, o‘zbek jang san’ati, kikboks, universal jang, golbol, gandbol, basketbol, sport turlarida) 35 ta oltin, 56 ta kumush, 75 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi. Kattalar, yoshlar va milliy terma jamoalariga 105 nafar sportchilar yetishtirib berildi. 2024-yilda o‘tkaziladigan jami ommaviy sport musobaqalari soni 34 tani tashkil etadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘yicha

Yakkasaroy tumanida 16 ta maktab faoliyat olib bormoqda. Shundan, 14 tasi umumta’lim maktablari, 1 ta yordamchi ixsoslashtirilgan maktab va 1 ta “Barkamol avlod bolalar maktabi” hisoblanadi. 2022/2023-o‘quv yilida o‘quvchilar soni 17 124 nafarni tashkil etmoqda. 10 ta (66,6 foiz) maktab 2 smenada tashkil etilgan. Navbatlilik koeffitsienti – 2 dan yuqori va 5 tasida (33,3 foiz) navbatlilik koeffitsienti – 1,5 dan yuqori.

Ta’lim sifati past maktablar 0 ta. Maktab ta’lim sifati va o‘qituvchi borasida, Yakkasaroy tumanida 980 nafar (shundan 833 nafari ayollar)(85 foiz) o‘qituvchilarning 916 nafari (93,5 foiz) oliy, 64 nafari (6,5 foiz) tugallanmagan oliy, 0 nafari (0 foiz) o‘rta maxsus ma’lumotga ega.

Malaka toifasiga ega o‘qituvchilar:

980 nafar oliy ma’lumotli o‘qituvchilarning 111 nafari (11,3 foiz) oliy, 201 nafari (20,5 foiz) birinchi, 231 nafari (23,5 foiz) ikkinchi, 437 nafari (44,5 foiz) mutaxassis hisoblanadi.

Maktab bitiruvchilarining OTMga kirish ko‘rsatgichi:

1 078 nafar bitiruvchilardan 746 nafari (70 foiz) talabalikka qabul qilingan. Maktablarning OTMga kirishdagi o‘rtacha ko‘rsatgichi 68,7 balni tashkil etadi. Ta’lim sifati ko‘rsatgichi. Maktablarning milliy reytingdagi o‘rtacha ko‘rsatgichi 23,78 balni tashkil etadi.

Umumta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

2023 yil Tashabbusli budjet loyihasi doirasida 3,5 mlrd. so‘m mablag‘lar hisobiga 4 ta maktablarda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi.

 Erishilgan yutuqlari:

1. “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida 38,0 mlrd. so‘m mablag‘ hisobiga 5 ta maktabda tom qismi, hojatxonalar, binolarini joriy ta’mirlash, laboratoriya jihozlari, mebel va texnik vositalari bilan jihozlash ishlari amalga oshirildi.

2. Yakkasaroy tajribasi sifatida 26, 91, 100, 127, 160 va 319 maktablarda “Ta’lim sifatini oshirish va o‘qitishda chet el tajribasidan foydalanish” loyixasi doirasida seminar treninglar, davra suhbatlari va ochiq darslar tashkil etilib, o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish orqali ta’lim sifatini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

3. Pedagoglar salohiyatini oshirishga qaratilgan o‘quv-mashg‘ulotlarini tashkil etishda nodavlat oliy ta’lim muassasalari va o‘quv markazlarining imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda.

4. Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lgan fan o‘qituvchilarining ulushi 7,8 foizdan 9,1 foizga oshishiga erishilgan.

5. So‘nggi 2 yilda oliy toifali o‘qituvchilar soni 32 nafardan 111 nafarga, birinchi toifali o‘qituvchilar soni 108 nafardan 201 nafarga oshgan. Shuningdek, o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar soni 3 nafardan 0 nafarga kamayishiga erishilgan.

Bugungi kunda Yakkasaroy tumanidagi maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan 980 nafar o‘qituvchilarning 543 nafari  (55,4 foiz) toifaga ega malakali pedagoglar bo‘lib, ularning 2 nafari ilmiy darajaga ega.

6. Maktab bitiruvchilarining OTMlarga kirish ko‘rsatkichi 50 foizdan 68,7 foizga ko‘tarilgan. (Muddatidan oldin talaba bo‘lgan o‘quvchilar soni 2022-2023 o‘quv yilida 101 nafarni tashkil etdi).

7. So‘ngi uch yilda 1 nafar o‘quvchi xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

8. Tumanda kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari talab darajasida yo‘lga qo‘yilgan. Barcha maktablardagi o‘g‘il va qiz bolalar uchun texnologiya xonalari jihozlangan. 100-umumta’lim maktabi shu sohada tayanch maktab sifatida tanlab olinib, o‘g‘il bolalar uchun “Mebel tayyorlash va unga qayta ishlov berish”, qiz bolalar uchun “Milliy va yevropa taomlari tayyorlash” yo‘nalishlarida ish olib borilmoqda. Shu maqsadda tuman mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 60 mln. so‘m ajratilib, o‘g‘il bolalar ustaxonasiga zarur jihozlar olib berildi.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘yicha:

Yakkasaroy tumanida jami 66 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, 23 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 2 ta tashkilotga qarashli, 41 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat olib bormoqda.

2022/2023-o‘quv yilida tarbiyalanuvchilar soni 7 438 nafar  tashkil etdi. (121 foiz) Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5 574 nafar, 2 ta tashkilotda 330 nafar, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 1534 nafar tarbiyalanuvchi qamrab olingan 23 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida 10,5 soat ta’lim tarbiya berish tashkil etilgan. Maktabgacha ta’lim sifati va pedagoglar borasida, Yakkasaroy tumanida 777 nafar pedagog bo‘lib, shundan 762 nafarini (98 foiz) ayollar tashkil etadi.

Pedagoglarning 507 nafari (65 foiz) oliy, 48 nafari (0,6 foiz) tugallanmagan oliy, 268 nafari (0,34 foiz) o‘rta maxsus ma’lumotlilar.

Malaka toifasiga ega pedagoglar:

507 nafar oliy ma’lumotli pedagoglarning 7 nafari (0,01 foiz) birinchi, 45 nafari (0,08 foiz) ikkinchi, 445 nafari (88 foiz) mutaxassis.

Maktabgacha ta’lim tashkilot bitiruvchilarining maktab ta’limiga yo‘naltirilganligi ko‘rsatgichi:

2 162 nafar bitiruvchilardan 2 162 nafari (100 foiz) maktabga qabul qilingan. Maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Tibbiyot sohasi bo‘yicha, 2023 yil Tashabbusli budjet loyihasi doirasida 1 390,0 mln.so‘m mablag‘lar hisobiga 4 ta (6, 9, 116,-250-MTT “Investitsiya” dasturi) maktabgacha ta’lim tashkilotlarda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi.

Yakkasaroy tumanida tug‘ish yoshidagi ayollar 30 934 nafarni tashkil qiladi.Tuman aholisiga 4 ta oilaviy poliklinikalar 57-, 58-, 59-, 60-sonli, tuman markaziy ko‘ptarmoqli poliklinika, 1-son bolalar poliklinikasi, Shahar 8-son tug‘ruq kompleksi, Shahar 1-son ruxiy asab kasalliklari dispanseri, 3-Shahar yuqumli kasalliklar shifoxonalari tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasiga davolash profilaktika muassasalariga 2023-yil davomida budjetdan 34,5 mlrd.so‘m ajratildi yoki (2022-yil 32,3 mlrd so‘m) o‘tgan yilning shu davriga nisbatan budjet xarajatlari 2,2 mlrd so‘mga (6,8 foiz) oshdi.

V.Daftarlar bo‘yicha:

“Temir daftar” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, Yakkasaroy tumanida tadbir boshidan 2023-yil 1-dekabrga qadar daftarga jami 1 996 ming ta oila va ularning 4 042 nafar oila a’zolari kiritilgan.

Shundan 1 706 ta oila va ularning 3 412 nafar oila a’zosi xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlari asosida ro‘yxatdan chiqarilgan.

Daftarda qolgan oilalar soni 290 tani tashkil etmoqda (774 nafar oila a’zosi). Ushbu raqamlarni 1-sektor doirasida tahlili qilsak, 2023 yil 1 dekabrga qadar “Temir daftar”ga 580  ta oila va ularning 1 009 nafar oila a’zolari kiritilgan. Shundan,  64 ta og‘ir kasali bor oila,  4 ta 5 va undan ko‘p farzandi bor oila,  23 ta boquvchisini yo‘qotgan oila (yolg‘iz ayollar),  3 ta chet eldagi daromadini yo‘qotgan oila, 124 ta doimiy daromadini yo‘qotgan oila,  82 ta kam ta’minlangan oila,  186 ta nogironlari bor oila,  25 ta yakka yolg‘iz (keksalar),  72 ta boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar.

Daftarga kiritilgan 69 nafar mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolardan, 2023 yil 1 dekabr holatiga 53 nafari (89 foiz) ishga joylashtirildi.

Fuqarolar asosan oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali yangi tashkil etilgan korxonalar, qurilish, jamoat ishlari va boshqa sohalarda ish bilan ta’minlandilar.

Hisobot davrida “Sahovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida 1,5 mlrd so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Jumladan,  111,1 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari,  1,68 mlrd so‘m mablag‘lar pul ko‘rinishda (naqd yoki plastik kartochka),  250,2 mln so‘mlik dori-darmon,  215 mln so‘mlik boshqa yordamlar ko‘rsatildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2023 yil 1 dekabrga qadar “Temir daftar”ga kiritilgan 1 1996 ming ta oiladan 1706 ming ta oila (87  foiz, 3 ming nafar a’zosi) ro‘yxatdan chiqarildi. “Ayollar daftari” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli qarori, Respublika komissiyasining 2023 yil 2 mart kunidagi 1-sonli hamda 31 mart kunidagi 2-sonli bayonlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 4-bosqichi bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

“Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 4-bosqichiga jami 4 ming 551 nafar xotin-qizlar kiritiligan.

Bugungacha 4 ming 441 nafar (98 foiz) xotin-qizlarga moddiy va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

110 nafari turli sabablarga ko‘ra turar joyi o‘zgargan va hayotiy sabablar bilan vafot etganlar. 4 039 nafar xotin-qizlarga eng kam oylik ish xaqining bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilib, 5 mlrd 100 mln 333 ming so‘m mablag‘lar ajratildi. 1 455 nafar xotin-qizlarga dori-darmon xarid qilish uchun 424 mln 620 ming so‘m mablag‘ sarflandi. Shuningdek, 53 nafariga sektor rahbari tavsiyasiga asosan 477 mln. so‘m hisobiga uy-joylari ta’mirlangan.

Jami “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan 6 mlrd 613 mln 728 ming so‘m mablag‘ sarflandi. 1-toifa, 523 nafar – ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlardan 518 nafarining (99 foiz) bandligi ta’minlandi. (5 nafari vafot etgan) 2-toifa, 15 nafar tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan xotin-qizlardan, 15 nafari (100 foiz) tadbirkorlikka o‘qitildi hamda 9 nafariga (60 foiz) tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun (imtiyozli kredit) 111 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan. (6 nafari rad qilgan ).3-toifa, 1 232 nafar boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlardan 1 198 nafariga (97 foiz) 1 mlrd 437 mln 600 ming so‘mlik bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. (34 nafari turli sabablarga ko‘ra turar joyi o‘zgargan va hayotiy sabablar bilan vafot etganlar), 4-toifa, 2 524 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj 1 va 2 guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarning 2 489 nafariga (99 foiz) 2 mlrd 986 mln 800 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi. 35 nafar turli sabablarga ko‘ra turar joyi o‘zgargan va hayotiy sabablar bilan vafot etganlar), 5-toifa, 76 nafar uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlardan 65 nafari (86 foiz) muammolari hal etildi. shundan: Rejaga ko‘ra 10 nafar xotin-qizlardan 6 nafariga (60 foiz) ijtimoiy uy hisobidan uy-joy bilan ta’minlandi.

Rejaga ko‘ra 66 nafar xotin-qizlarning 60 nafariga (91 foiz) ijara kompensatsiyasi uchun 270 mln so‘m to‘lab berildi. 6 nafariga sektor rahbarining tavsiyasi bilan bir martalik moddiy yordam berildi. (6 nafar ko‘chib ketgan), 6-toifa, 181 nafar qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlardan 162 nafariga (90 foiz) bir martalik moddiy yordam pullari 194 mln 400 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi. (19 nafar turli sabablarga ko‘ra turar joyi o‘zgargan va hayotiy sabablar bilan vafot etganlar), Bundan tashqari, 53 nafariga sektor rahbari tavsiyasiga asosan 477 mln so‘m hisobiga uy-joylari ta’mirlangan, 3 nafar xotin-qizlarga 14 850 000 so‘mlik oliy ta’lim muassasasining to‘lov kontraklari to‘lab berildi, 122 nafar xotin-qizlar uchun 117 572 400 so‘m hisobiga sayoxatlar tashkil etildi, murakkab jarrohlik amaliyotidan o‘tishlari kerak bo‘lgan 36 nafar xotin-qizlar aniqlanib, shundan 11 nafari 209 353 033 so‘m “Ayollar daftrari” jamg‘armasi hisobidan, 25 nafari 440 279 600 so‘m homiylar hisobidan amalga oshirildi.

Yoshlar daftari bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11 martdagi 132 son hamda 28-apreldagi 250 son qarorlariga muvofiq 18 801 nafar yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, “Yoshlar daftari”ga jami 537 nafar yoshlar kiritildi, shundan, 537 nafar yoshlarga yordam ko‘rsatilib “Yoshlar daftari”dan chiqarildi. 2023 yilda mazkur yoshlarga 1 mlrd 784 mln.so‘m yo‘naltirilgan. Yil yakuni bo‘yicha “Yoshlar daftari”da 0 nafar yoshlar qolgan.